O‘zbekistonda hafta issiq bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda ish haftasi issiq bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Antitsiklon ta’sirida haftaning o‘rtalarida havo harorati +25 darajaga tushadi, biroq hafta oxiriga kelib yana +33 darajagacha ko‘tariladi.

Venetsiya arxitektura biyennalesida O‘zbekistonning me’morchilik loyihasi namoyish etildi (foto)

18-Venetsiya arxitektura biyennalesining ochilishida O‘zbekiston “Unbuild Together: Archaism vs. Modernity” loyihasini taqdim etdi. Loyihaga Fransiyaning Studio KO byurosi kuratorlik hamda Toshkentdagi Aju universiteti hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini tikladi

O‘zbekiston yana Xitoyga gaz eksport qilishini boshladi. Aprel oyida gazni yetkazib berish hajmi 40,5 mln dollargacha yetgandi.

Qirg‘izistonda chegarada o‘zbekistonliklardan pul undirib kelgan harbiylar qo‘lga olindi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegarada O‘zbekiston fuqarolaridan pul undirib kelgan harbiylarni qo‘lga oldi.

10−11-sinf o‘quvchilariga qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib dars o‘tiladi

2023-yil sentabr oyidan 1−4-sinf o‘quvchilariga xorijiy tajriba asosida, 5−9-sinflarga esa umumta’lim fanlaridan tayanch bilimlar beriladi. 10−11-sinflar qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida o‘qitiladi.

Talabalar uchun 1,3 mln so‘m stipendiya to‘lanadigan o‘quv kurslari tashkil etiladi

Hukumat qarori bilan IT, matematik statistika, dasturlash tillari, ingliz tili kabi yo‘nalishlarda talabalar uchun o‘quv kurslari tashkil etiladi. Unda BHMning to‘rt baravari (1 mln 320 ming so‘m) miqdorida har oyda bir marotaba stipendiya berib boriladi. O‘quv kursiga talabalar tanlov asosida qabul qilinadi.

Davlat granti bitiruvchilarining 3 yil ishlab berish majburiyati o‘z kuchini yo‘qotmagan — vazirlik

Tarmoqlarda grant asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini majburiy tartibda kamida 3 yil ishlab berish talabi bekor bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buni rad etib, majburiyat o‘z kuchini yo‘qotmaganini izohladi.

Davlat organlari rahbarlari AKT bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi

Hukumat qarori bilan davlat organlarining AKT sohasiga mas’ul xodimlari 3 yilda bir marta malaka oshiradi. Qolaversa, birinchi rahbarlar ham soha bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi. Jarayon bilan bog‘liq xarajatlar tashkilotlar hisobidan qoplanadi.

1-iyundan alkogol mahsulotlari narxi oshishi mumkin

O‘zbekistonda 1-iyundan alkogol mahsulotlari narxini oshirishni ko‘zda tutuvchi loyiha muhokamaga qo‘yildi. So‘nggi marta narxlar 2021-yil dekabrda oshgandi.

O‘zbekistonda Onix va Tracker uchun shartnoma berish 25-maydan boshlanadi

UzAuto Motors 25-maydan boshlab Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining yangilangan komplektatsiyalari uchun shartnoma berishni boshlanishini ma’lum qildi. Shartnoma uchun ochiq bo‘lgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi o‘zgarishsiz qolishi aytilmoqda.

Sergey Guriyev: “Sanksiyalarni chetlab o‘tish yo‘llarining yopilishi — mintaqa iqtisodiy o‘sishiga jiddiy tahdid”

Iqtisodchi Sergey Guriyevning qayd etishicha, Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan savdo yo‘llari yopilishi Markaziy Osiyo iqtisodiy o‘sishi uchun jiddiy tahdidga aylanishi mumkin. U harbiy texnika ishlab chiqarish hisobiga erishilgan YAIM o‘sishi hayot sifatini yaxshilamasligini ham qayd etdi.

Surxondaryodagi To‘palang GESda modernizatsiya ishlari yakunlandi

Surxondaryo viloyatidagi To‘palang GES 75 mln 400 ming yevro evaziga modernizatsiya qilindi. Sinov ishlari to‘liq yakunlangach, GES 175 mVt elektr energiyasi ishlab chiqara boshlaydi. Prezident 2019-yilda u yerdagi ishlar bilan tanishib, jarayonni “tarixiy voqea” deb atagan.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqolalar:

Qulupnay, qulupnayjonim, qulupnayqizg‘aldoq!

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan fermer xo‘jaliklaridan biriga tegishli dalaning 6 gektariga “Charli”, “Izabella”, “Viktoriya”, “Koreya”, “Malayziya” navli qulupnaylar ekilgan. Bu yerda Farg‘onaning Beshariq tumanidan kelgan yetti oila dehqonchilik qiladi. 30−35 jon qishin-yozin shu yerning o‘zida yashaydi ham. “Gazeta.uz” ayni qulupnay-murabbo mavsumida qulupnayzorlarni aylandi.

Nima o‘qiymiz? Deputat Doniyor G‘aniyev tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz. “Nima o‘qiymiz?” loyihasining navbatdagi mehmoni — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev.

“Biznikilarning deyarli bari asalarichi”. Asalarichilar sulolasi asalni qanday yetishtiradi?

Litvinenkolar oilasi 63 yildan beri asalarichilik bilan shug‘ullanadi. Har yili 300 ta asalari uyasi bilan dastlab Toshkent viloyati tog‘laridan Sirdaryo dashtlariga yo‘l oladi, so‘ng teskari yo‘nalishda harakatlanadi. Sergey — asalarichilar sulolasining uchinchi avlodi vakili. Uning bobosi bu ishni xobbi tariqasida boshlagan. Asalarilar, shu bilan birga bilim va tajriba ham yildan-yilga ko‘payib boravergan. Oxir-oqibat sevimli mashg‘ulot bugungi kunga kelib oilaviy biznesga aylangan. Har yili 20-may Butunjahon asalarilar kuni sifatida bayram qilinadi. Sana munosabati bilan “Gazeta.uz” o‘zbekistonlik asalarichilar sulolasi haqidagi materialni takroran e’lon qiladi.