Andijon tumanida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan xonadon aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda fuqaro M.I. o‘z uyida 45 ta to‘plamdagi “Bitmain” mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga ulab, jami 323,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185−2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.