Jamiyat

1-apreldan chiqindi xizmatlari narxiga QQS hisoblanadi
25 yanvar 2024, 23:41

1-apreldan chiqindi xizmatlari narxiga QQS hisoblanadi

2024-yil 1-apreldan boshlab chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun nol stavka bo‘yicha soliq solish bekor qilinadi. Sanitar tozalash narxlari qiymatiga 12 foiz QQS solinadi. Bu Toshkent shahrida 8400 so‘mni tashkil qiladi.

25-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
25 yanvar 2024, 22:44

25-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Prezidentga sovg‘a qilingan BYD avtomobili, Toshkentda yo‘lga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kanat transporti, 14 foiz darajada qoldirilgan asosiy stavka va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkent va Samarqandda fuqarolarni AQSh, Kanada hamda Fransiyaga jo‘natishni va’da qilganlar qo‘lga olindi
25 yanvar 2024, 20:49

Toshkent va Samarqandda fuqarolarni AQSh, Kanada hamda Fransiyaga jo‘natishni va’da qilganlar qo‘lga olindi

Toshkent shahri va Samarqand viloyatida fuqarolarni AQSh, Kanada va Fransiyaga jo‘natishni va’da qilganlar qo‘lga olindi. Ular xizmatlari uchun 32 ming dollargacha pul talab qilgan.

Samarqanddan Xorazmga sement qoplarida 10 kilogrammga yaqin opiy tashilgani aniqlandi (video)
25 yanvar 2024, 20:25

Samarqanddan Xorazmga sement qoplarida 10 kilogrammga yaqin opiy tashilgani aniqlandi (video)

Samarqanddan Urganchga olib borilgan sement qoplaridan 9,7 kilogramm opiy topildi. Ma’lum bo‘lishicha, giyohvandlik moddasi Tojikistondan olib o‘tilgan.

Yomg‘ir yog‘ishi bilan Toshkent shahrida havoning ifloslanishi kamaydi
25 yanvar 2024, 20:01

Yomg‘ir yog‘ishi bilan Toshkent shahrida havoning ifloslanishi kamaydi

Toshkent shahrida havoning PM2,5 zarralari bilan ifloslanganlik darajasi ertalab JSST tavsiya qilgan me’yordan 21 baravar oshib ketgandi (104,8 mkg/m3). Kunning ikkinchi yarmida boshlangan yomg‘irdan keyin havo sifati “zararli"dan “o‘rtacha” darajaga ko‘tarildi va PM2,5 ko‘rsatkichi 30 dan pastga tushdi.

“Vatanimga bo‘lgan munosabatim tubdan o‘zgardi”. Qo‘shiqchi Laylo — “Home” qo‘shig‘i va uning klipi haqida
25 yanvar 2024, 16:09

“Vatanimga bo‘lgan munosabatim tubdan o‘zgardi”. Qo‘shiqchi Laylo — “Home” qo‘shig‘i va uning klipi haqida

Toshkentlik qo‘shiqchi Laylo Rixsiyeva (Laylo)ning ekologik muammolarga bag‘ishlangan “Home” klipi internetda tez mashhur bo‘ldi. “Gazeta.uz” u bilan qo‘shiq qanday yaratilgani, videodagi kadrlarda nima haqda so‘z borgani, shuningdek, uning bastakor Yunus Rajabiy bilan qanday bog‘liqligi borligi to‘g‘risida gaplashdi.

Ekologlar Toshkent atrofidagi issiqxonalarda monitoring o‘tkazmoqda
25 yanvar 2024, 15:30

Ekologlar Toshkent atrofidagi issiqxonalarda monitoring o‘tkazmoqda

Ekologiya vazirligi Toshkent viloyatidagi issiqxonalarda havoni ifloslantiruvchi gazlarni tozalash qurilmalari mavjudligini tekshirmoqda. Poytaxt atrofida 1314 gektar maydonda 631 ta issiqxona faoliyat yuritayotgani, ularning 60 foizi ko‘mirdan foydalanayotgani haqida avval xabar bergandik.

Toshkentda kanatli jamoat transporti yo‘lga qo‘yilishi mumkin — foto
25 yanvar 2024, 14:23

Toshkentda kanatli jamoat transporti yo‘lga qo‘yilishi mumkin — foto

Toshkentda kanatli jamoat transporti yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu borada “Toshkent invest kompaniyasi” va Beijing North Bartholet Ropeway Technology o‘rtasida shartnoma imzolandi. Loyiha jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi, ularning tavsiyalari va takliflari kompaniya loyiha ofisiga yuborilishi aytilmoqda.

Toshkentda BMW ustunga urilishi oqibatida 3 kishi jarohat oldi
25 yanvar 2024, 14:09

Toshkentda BMW ustunga urilishi oqibatida 3 kishi jarohat oldi

Yakkasaroy tumanida BMW haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida mashina yoritkich ustuniga urildi. Uch kishi shifoxonaga olib ketildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi
25 yanvar 2024, 12:06

Toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Shuningdek, tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTMlar va markazlarda o‘qitiladi.

Yuk va yo‘lovchilarni tashishda avtotransportlarga yo‘l varaqalari endi elektron yuritiladi
25 yanvar 2024, 11:28

Yuk va yo‘lovchilarni tashishda avtotransportlarga yo‘l varaqalari endi elektron yuritiladi

O‘zbekistonda endi yuk va yo‘lovchilarni tashishda avtotransportlarga yo‘l varaqalari elektron yuritiladi. Elektron yo‘l varaqalari tizimi shaxsiy yengil avtomobilida yo‘nalishsiz taksi sifatida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun amal qilmaydi.

Onix turar joy majmuasi 2 sotix maydonga ega kottejlarni 1,6 sotix narxida taklif qiladi
25 yanvar 2024, 11:00

Onix turar joy majmuasi 2 sotix maydonga ega kottejlarni 1,6 sotix narxida taklif qiladi

Onix turar joy majmuasi mijozlarga uyda qulaylik va energiya samaradorligini ta’minlaydigan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan 1,6 dan 2 sotixgacha bo‘lgan uy maydonini tanlash imkoniyatini beradi.

Toshkent viloyatidagi koloniya mahkumi yirik miqdordagi firibgarlikda gumonlanib ushlandi
25 yanvar 2024, 10:30

Toshkent viloyatidagi koloniya mahkumi yirik miqdordagi firibgarlikda gumonlanib ushlandi

Ohangaron tumanidagi manzil koloniyasi mahkumi 28,5 ming dollar olayotganda qo‘lga olindi. Unga sheriklikda gumonlangan ikki shaxs avvalroq 29 ming dollar olayotganida ushlangan. Ular qurilish kompaniyasiga Xorazmda 72,5 mlrd so‘mlik suv tarmog‘i tortish loyihasini tendersiz olib berishini aytgan.

“Ezgulik” jamiyati raisi Navoiyda Dauletmurat Tojimuratov bilan uchrashdi
25 yanvar 2024, 10:16

“Ezgulik” jamiyati raisi Navoiyda Dauletmurat Tojimuratov bilan uchrashdi

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Nukus voqealari bo‘yicha qamalgan Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi. Mahkum xat va banderollarning kechikib kelayotganidan, o‘zining xatlari tashqariga chiqishi qiyin bo‘layotganidan shikoyat qildi.

Qoraqalpog‘istondagi elektromobil avtosalonida yong‘in sodir bo‘ldi
25 yanvar 2024, 09:34

Qoraqalpog‘istondagi elektromobil avtosalonida yong‘in sodir bo‘ldi

Chorshanba kuni tunda Beruniy tumanidagi elektromobil avtosalonida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida avtosalonning 90 kvadrat metr maydonining tom qismi va bir dona BYD avtomobili yonib zararlandi.

Zo‘ravonlik qilgan pedagoglar har qanday vaziyatda ham javobgarlikka tortilishi kerak — bolalar ombudsmani
24 yanvar 2024, 23:31

Zo‘ravonlik qilgan pedagoglar har qanday vaziyatda ham javobgarlikka tortilishi kerak — bolalar ombudsmani

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning aytishicha, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, nomunosib muomalaga yo‘l qo‘yayotgan tarbiyachi va pedagoglar ota-onalar noroziligini bildirish yo bildirmasligidan qat’i nazar, har qanday vaziyatda javobgarlikka tortilishi kerak.

24-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
24 yanvar 2024, 23:08

24-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Xitoyda muzokaralar o‘tkazgan Shavkat Mirziyoyev, jamoatchilikning rossiyalik tarixchi fikrlariga munosabati, Toshkentga parvozlarni to‘xtatgan Korean Air, Pekinda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston san’ati ko‘rgazmasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentdagi Matbuot uyining rekonstruksiyasi 2026-yilda bitkaziladi — loyiha
24 yanvar 2024, 19:03

Toshkentdagi Matbuot uyining rekonstruksiyasi 2026-yilda bitkaziladi — loyiha

Toshkentda “Gazeta korpusi” nomi bilan tanilgan Matbuot uyi rekonstruksiya qilinmoqda. Hozirda binoning ayrim qismlari demontaj qilinmoqda. Ta’mirlash ishlarini 2026-yilda yakunlash rejalashtirilgan. Ta’kidlanishicha, ishlar yakunlangach, gazeta va jurnallarning tahririyatlari binoga qaytariladi.

Click orqali kommunal to‘lovlarni qanday qilib tez va foyda bilan amalga oshirish mumkin
24 yanvar 2024, 19:00

Click orqali kommunal to‘lovlarni qanday qilib tez va foyda bilan amalga oshirish mumkin

Click orqali har qanday kommunal to‘lovlarni tez va qulay amalga oshirish, to‘lov uchun keshbek va hatto qog‘ozli kvitansiyalar olish mumkin.

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
24 yanvar 2024, 18:31

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 25−31-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi. Avvalroq mamlakatning shimoli-g‘arbiy hududlariga Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi haqida xabar berilgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting