Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 25-yanvar kuni BMW haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida mashina YTHga uchradi, deb xabar bermoqda YHXB axborot xizmati.

Soat 11:30 tumanning Shota Rustaveli ko‘chasida haydovchi — 1976-yilda tug‘ilgan H.K. BMW avtomashinasida rul boshqaruvini yo‘qotib, yoritkich ustuniga to‘qnashib ketgan.

Hodisa oqibatida haydovchi hamda 2 nafar yo‘lovchi shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.