Jamiyat

Project CURE Orolbo‘yi shifoxonalariga 3 mln dollarlik tibbiy jihozlarni yetkazib beradi
11 fevral 2022, 17:01

Project CURE Orolbo‘yi shifoxonalariga 3 mln dollarlik tibbiy jihozlarni yetkazib beradi

AQShning Project CURE xayriya tashkiloti Orolbo‘yi mintaqasiga 3 mln dollarlik gumanitar yuklarni yubordi. Umumiy hajmi qariyb 7 tonnani tashkil etgan tibbiy jihozlar rentgen skanerlari, laboratoriya asboblari, kislorod ballonlari va boshqa tibbiy qurilmalardan tashkil topgan.

Shahrixondagi gaz portlashi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11 fevral 2022, 16:59

Shahrixondagi gaz portlashi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi tibbiyot markazida yuz bergan portlash holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ayni vaqtda hodisa oqibatida jabrlanganlar soni 11 nafarni tashkil etmoqda.

«Qonun yo‘q!» — prezident YHX inspektorlariga qarshilik ko‘rsatish holatlari ko‘payganiga e’tibor qaratdi
11 fevral 2022, 16:42

«Qonun yo‘q!» — prezident YHX inspektorlariga qarshilik ko‘rsatish holatlari ko‘payganiga e’tibor qaratdi

Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda inspektorlarga bo‘ysunmaslik, ularga qarshilik ko‘rsatish, haqoratlash holatlari so‘nggi vaqtlarda ortib borayotgani masalasiga e’tibor qaratdi. Davlat rahbari qonunlarni ko‘rib chiqishda, bu masalaga ham alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Bo‘stonliqda iqtidorli bolalar uchun «Renessans» oromgohi ochiladi
11 fevral 2022, 16:31

Bo‘stonliqda iqtidorli bolalar uchun «Renessans» oromgohi ochiladi

Bo‘stonliqdagi «Yoshlik» bolalar oromgohi negizida «Renessans» sog‘lomlashtirish oromgohi tashkil etiladi. Oromgoh Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi. Unda iqtidorli bolalar hamda agentlik tizimidagi xodimlar dam oladi va o‘qitiladi.

Farg‘onada «jihod»ga chorlovchi ma’ruzalarni tarqatganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi
11 fevral 2022, 16:27

Farg‘onada «jihod»ga chorlovchi ma’ruzalarni tarqatganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

DXX Farg‘ona viloyatida xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlar rahnamolarining «jihod» ga chorlovchi ma’ruzalarini yuklab olib, tanishlariga tarqatganlikda gumon qilingan 24 yoshli fuqaroni qo‘lga oldi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita uning telefonidagi materiallarni aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganini tasdiqladi.

«Tramvayning qaytarilishi — global trend»
11 fevral 2022, 15:48

«Tramvayning qaytarilishi — global trend»

Prezident tramvayni Toshkentga qaytarish haqidagi bayonotidan oldin «Gazeta.uz» taniqli jurnalistlar va jamoat arboblaridan ushbu transport turining bekor qilinishi bilan shahar nima yo‘qotganligi haqidagi fikrlarini so‘ragan edi. Ular bir ovozdan tramvayning yo‘q qilinishi katta xato bo‘lgani, poytaxtning transport muammolarini yanada kuchaytirgani va uning qaytishi jamoat transportini rivojlantirishning yagona oqilona yo‘li ekanini tasdiqlashdi.

Toshkentdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga jismoniy zo‘ravonlik qilingani aniqlandi
11 fevral 2022, 14:45

Toshkentdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga jismoniy zo‘ravonlik qilingani aniqlandi

Toshkent shahridagi 21-sonli mehribonlik uyidagi bolaga tarbiyachi tomonidan jismoniy tazyiq qilib kelinayotganligi aniqlandi. Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha Bosh prokuraturaga murojaat qilgan va tarbiyachini vaqtinchalik ishdan chetlatish uchun XTVga xat kiritgan.

Toshkentda yo‘l harakatini raqamli boshqarish tizimi to‘liq poytaxt hokimiyati tasarrufiga o‘tkaziladi
11 fevral 2022, 14:39

Toshkentda yo‘l harakatini raqamli boshqarish tizimi to‘liq poytaxt hokimiyati tasarrufiga o‘tkaziladi

Prezident Toshkent shahrining 602 ta chorrahasidan 111 tasidagina raqamli boshqaruv mavjudligi, boshqa shaharlarda esa bunday tizim umuman yo‘qligini tanqid qildi. Shundan kelib chiqib, Toshkentda yo‘l harakatini raqamli boshqarish tizimi to‘liq poytaxt hokimiyati tasarrufiga o‘tkazilishi aytildi.

Andijon viloyatidagi tibbiyot markazida yuz bergan portlashda bir kishi qurbon bo‘ldi
11 fevral 2022, 14:33

Andijon viloyatidagi tibbiyot markazida yuz bergan portlashda bir kishi qurbon bo‘ldi

FVVning aniqlik kiritishicha, Andijon viloyati Shahrixon tumanida tibbiyot markazida ro‘y bergan portlash oqibatida bir nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, to‘rt nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.

Jizzaxda Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olingani aytildi
11 fevral 2022, 14:31

Jizzaxda Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olingani aytildi

Jizzaxlik fuqaro Suriyadagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirganlikda gumon qilinmoqda. U xorijdaligida «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terrorchilik tashkilotining g‘oyaviy ta’siriga tushib qolib, vatanga qaytgach, o‘ndan ortiq tengqurlariga tashkilot g‘oyalarini targ‘ib qilgani aytilmoqda. Fuqaro IIB va DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Andijon viloyatidagi kasalxonada gaz portlashi ro‘y berdi
11 fevral 2022, 13:13

Andijon viloyatidagi kasalxonada gaz portlashi ro‘y berdi

Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi tibbiyot muassasalaridan birida gaz portlashi yuz berdi. 7 kishi jarohat olgan, halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Yo‘l harakati qoidalari yangidan ishlab chiqiladi
11 fevral 2022, 13:06

Yo‘l harakati qoidalari yangidan ishlab chiqiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati qoidalari xalqaro standartlar asosida yangidan ishlab chiqilishini ma’lum qildi. Qoidabuzar haydovchilarga ball hisoblab boriladi, bir yilda qoidabuzarliklari 12 balldan oshgan haydovchi avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi. «Har yili 500 ming kishi haydovchilik guvohnomasini olsa, ulardan 25 foizi mashg‘ulotlarga qatnashmaydi» dedi prezident va haydovchilikka o‘qitish va guvohnoma berish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ta’kidladi.

Andijonda o‘qituvchilar uzr so‘rashga majburlangan holatni Bosh prokuratura ko‘rib chiqadi
11 fevral 2022, 13:02

Andijonda o‘qituvchilar uzr so‘rashga majburlangan holatni Bosh prokuratura ko‘rib chiqadi

Andijon viloyati Marhamat tumanida o‘qituvchilar ota-onalar oldida uzr so‘rashga majbur qilingan holat yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi o‘rganish ishlarini yakunladi. Natijada tuman hokimligi tashabbusiga asosan tashkil etilgan mazkur tadbirga qonuniy baho berish uchun hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi.

2021 yilda avariya sabab 2,5 mingga yaqin odam vafot etdi — prezident
11 fevral 2022, 12:35

2021 yilda avariya sabab 2,5 mingga yaqin odam vafot etdi — prezident

2021 yilda O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi, unda 9 mingdan ortiq fuqaro jarohat olgan. Avariyalar oqibatida 2,5 mingga yaqin inson halok bo‘lgan, shundan 263 nafar yosh bola hisoblanadi. Prezident videoselektorda Namangan viloyati IIB boshlig‘i, Andijon va Samarqand viloyatlari YXHB boshliqlarini ishdan olishga ko‘rsatma berdi.

Namangan shahrida Usmon Nosir haykali o‘rnatiladi
11 fevral 2022, 12:14

Namangan shahrida Usmon Nosir haykali o‘rnatiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan Namanganda shoirga haykal o‘rnatiladi. Uning hayoti va faoliyatini o‘rganish uchun DXX va Rossiyadagi tegishli arxiv materiallari bilan tanishishga sharoit yaratiladi. Toshkent va Namangan shaharlaridagi ko‘chalarga Usmon Nosir nomi beriladi.

Demokratiya indeksi reytingida O‘zbekiston 150-o‘rinni egalladi
11 fevral 2022, 11:15

Demokratiya indeksi reytingida O‘zbekiston 150-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Economist Intelligence Unit`ning «Demokratiya indeksi» da 150-o‘rinni egalladi. Tadqiqotchilarning fikricha, mamlakatda demokratiya bilan bog‘liq vaziyatda hech qanday o‘zgarishlar qayd etilmagan, u «avtoritar rejimlar» guruhida qolmoqda.

O‘zbekistonda 733,8 ming kishi buster doza bilan emlandi
11 fevral 2022, 10:51

O‘zbekistonda 733,8 ming kishi buster doza bilan emlandi

Sanitariya-epidemiologiya xizmati hozirgacha buster doza olishi mumkin bo‘lgan 5,2 mln nafar fuqarodan 733,8 ming nafari ushbu doza bilan emlanganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, buster dozani vaksinaning har qanday turidan foydalangan holda olishi mumkin. «Buster doza bilan emlanish „alfa“, „delta“, „omikron“ shtammidan himoya qila oladi», — deyiladi xabarda.

65% aholi oliy ta’limga ishonmaydi degan so‘rov natijalarini o‘qiganmiz — Abduqodir Toshqulov
11 fevral 2022, 10:50

65% aholi oliy ta’limga ishonmaydi degan so‘rov natijalarini o‘qiganmiz — Abduqodir Toshqulov

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov aholining 65 foizi oliy ta’limga haliyam ishonmasligi haqida so‘rovlarni ko‘rganligini ta’kidladi. Vazir sohada korrupsiya kamaygan bo‘lsa-da, tizim atrofida firibgarlar ko‘payganligini qayd etdi. «Xalq, rahbariyat oliy ta’limning „yuvelir“ darajada toza bo‘lishini xohlaydi», — dedi u.

Kovidning kunlik statistikasi 625 tagacha kamaydi
11 fevral 2022, 10:20

Kovidning kunlik statistikasi 625 tagacha kamaydi

Payshanba kuni 625 kishining koronavirusga topshirgan test tahlilida musbat natija qayd etildi, bu bir kun oldingi ko‘rsatkichga qaraganda 67 taga kam. Qolaversa, kun davomida 103 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Virus asoratlari oqibatida 2 kishi vafot etdi.

Maktablarda ona tili darsliklari turli grammatik qoidalardan imkon qadar tozalanadi — Respublika ta’lim markazi
11 fevral 2022, 09:33

Maktablarda ona tili darsliklari turli grammatik qoidalardan imkon qadar tozalanadi — Respublika ta’lim markazi

Maktablarda ona tili darsliklari turli grammatik qoidalardan imkon qadar tozalanadi, deb xabar berdi Respublika ta’lim markazi. Qolaversa, bundan keyin «o‘timli va o‘timsiz fe’llar», «vositali-vositasiz to‘ldiruvchilar», «fe’l kesim va ot kesim», «sifatlovchi-sifatlanmish» va shu kabi mavzular ona tili darsliklaridan chiqarib tashlanadi. Shunga muvofiq, kelgusida DTM testlarining baholash mezonlari ham o‘zgaradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting