Bugun, 11 fevral kuni, soat 11:30 da Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi «Qorako‘rpa» mahallasida tibbiy klinikada gaz-havo aralashmasi chaqnashi ro‘y berdi, deya xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Natijada dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 7 kishi jarohatlangan. Halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Voqea joyida hozirda FVV hududiy boshqarmasi qutqaruvchilari ishlamoqda. FVV holat bo‘yicha batafsil ma’lumotni yaqin vaqt ichida berishga va’da berdi.