O‘zbekiston Mudofaa vazirligi «Sputnik Afganistan» agentligining O‘zbekistonning uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afg‘oniston havo makonini buzib o‘tgani haqidagi xabarini rad etdi.
Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi. Hayit namozi Toshkent shahrida soat 05:40 da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.
2020 yil 1 may kuni soat 05:55. «Sardoba» suv ombori yorilib, aholi zudlik bilan evakuatsiya qilina boshlandi. Texnogen ofat oqibatida 6 kishi vafot etdi, 70 mingga yaqin fuqaro yashash joyini tark etdi, minglab uylar vayronaga aylandi. Bunga sababchi deb ko‘rilgan 17 kishi qamaldi. «Gazeta.uz» fojia va undan keyingi voqelar xronologiyasini bir materialga jamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Ramazon hayitining birinchi kuni 2 may — dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. 3 va 4 may esa qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilandi.
Avtopoyga va drift ishqibozlari uchun Toshkent shahrida poligon ajratilishi mumkin. Bu boradagi taklifni poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bildirdi va ularga havaskor darajasida qarash kerakligini aytdi. Hozir ushbu qoidabuzarlik uchun 5−15 sutkaga qamash jazosi qo‘llaniladi. Hokimning fikricha, «hamma narsaga taqiq qo‘yish shart emas».
Prezident qarori bilan «Ishga marhamat» monomarkazlarida o‘qitilayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa bilan birga 540 ming so‘m miqdorida har oy stipendiya to‘lab beriladi. Shuningdek, yetim bolalar ikkilamchi bozordan davlat olib bergan uy-joyni rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun boj to‘lamaydi.
Toshkent shahrining Shayxontohur tumani prokurori Sanjar Mavlonov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Termiz shahridagi «Ayritom» chegara punkti orqali Afg‘onistonga 58 ta vagondan iborat poyezdda navbatdagi insonpararlik yordamini jo‘natdi.
Andijonda xalqaro ekstremistik tashkilotlarga qo‘shilib, ularning harakatlarida ishtirok etayotganlikda gumonlangan 14 nafar shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Ularning 4 nafari ayollardan iborat (ro‘yxat).
Hayit bayrami uchun qanday mazali pishiriqlar tayyorlash mumkin? Asalli noodatiy qush tili, chak-chak, yong‘oqli bulochkalar va pishiriqlar, «konfetka» pechenesi, Bostoncha kremli tort — Zira.uz retseptlarida.
1 maydan oshiriladigan pensiya va nafaqalar, o‘zini 4-qavatdan tashlagan O‘zDJTU talabasi, Ramazon hayiti arafasida afv etilgan 65 nafar fuqaro, urush faxriylariga 15 mln so‘mdan berilishi, «Ichan-Qal’a»dagi 33ta tarixiy obidaga jiddiy zarar yetkazayotgani aytilgan termitlar, judda issiq boshlanadigan may oyi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 29 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ijtimoiy yordamga muhtoj 2,2 mln kishi bor. Shavkat Mirziyoyev keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ijtimoiy muassasalar tarbiyalanuvchilari va boshqalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ma’lum qildi.
1 sentabrdan boshlab homiladorlik nafaqasi to‘lovlarining bir qismini davlat budjeti hisobidan to‘lash tartibi joriy etiladi. Buning uchun Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilib, unga joriy yilda budjetdan 170 mlrd so‘m ajratilishi belgilandi.
Prezident Ramazon hayiti arafasida tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 65 nafar fuqaroni afv etish bo‘yicha farmonni imzoladi.
Chortoq tumanida bank mas’ul xodimlari tadbirkor bilan o‘zaro til biriktirib, quyonchilik va chorvachilik uchun ajratilgan 1,3 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Mingbuloq tumanida esa tadbirkor bankning sobiq mansabdor shaxslari bilan birgalikda fuqarolarga tikuvchilik uchun ajratilgan 143,2 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan.
9 may arafasida urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalidagi asirlarga 15 mln so‘mdan to‘lanadi.
3−5 may kunlari to‘qqizta viloyatning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin xavfi e’lon qilindi. FVV sel xavfi bo‘lganda zarur harakatlar bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Samarqandda jamoat transportini rivojlantirish uchun 2023 yil oxirigacha 40 ta yangi, jumladan, 5 ta ekspress yo‘nalish ochish, markaziy ko‘chalarda avtobuslar uchun alohida yo‘laklar ajratish, 180 ta elektrobus xarid qilish rejalashtirilmoqda. 1 iyuldan boshlab shahar jamoat transporti viloyat budjeti hisobidan subsidiyalanadi. Ikki tumanni Samarqand bilan elektropoyezd orqali ulash taklif qilinmoqda. «Yo‘llarni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal qilib bo‘lmaydi. Jamoat transportiga ustuvor ahamiyat berish kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev
Zoologiya instituti direktori Baxtiyor Xolmatovning ma’lum qilishicha, «Ichan-Qal’a» tarixiy yodgorlik majmuidagi 33 ta tarixiy obidaning yog‘och o‘ymakorligi ishlanmalariga termitlar jiddiy darajada zarar yetkazmoqda.
«Toshshahartransxizmat» tomonidan 2 may kuni Ramazon hayiti bayramida Toshkentda 98 ta masjidga borib-kelish uchun avtobuslar yo‘nalishi tashkil qilindi. Avtobuslar 03:00 dan 06:00 ga qadar harakatlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting