Jamiyat

27 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
27 oktabr 2022, 22:00

27 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda Eron dronlari ishlab chiqarilishi haqidagi bayonotlar rad etilgani, «xatolar» uchun ogohlantirilgan Ikkichi, Moskvada texnik xatolar tufayli o‘zbekistonliklarga chaqiruv qog‘ozlari kelgani, yosh bolani urib ketgani aytilgan Namangan hokimligi mashinasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

«Yopiq eshiklar ortidagi uchrashuv». Issiqxonalar gazdan uzilmaydigan bo‘ldi
27 oktabr 2022, 20:55

«Yopiq eshiklar ortidagi uchrashuv». Issiqxonalar gazdan uzilmaydigan bo‘ldi

Payshanba kuni uch nafar vazir gazdan uzilgan issiqxona egalari bilan salkam 3 soatlik uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirkorlar muammosiga «Gazeta.uz» e’tibor qaratgach, issiqxonalar gazdan uzilmaydigan bo‘ldi. Tez kunlarda sohaga qator imtiyozlar berishni nazarda tutuvchi prezident qarori ham qabul qilinadi.

Ikkichi do‘koni «xatolar» uchun ogohlantirildi
27 oktabr 2022, 15:47

Ikkichi do‘koni «xatolar» uchun ogohlantirildi

Yakkasaroy hokimligi peshlavhasidagi matn ataylab xatolar bilan yozilgan Ikkichi do‘konini «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunni buzgani uchun ogohlantirdi. Brend asoschisi Pahlavon Turdiyev «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida Ikkichi nomidan: «Bugn oqutuv4m kankretniy ikki q6ydi dnevnigimga», deya izoh berdi.

Toshkentdan Dubayga uchayotgan samolyot Sherozga favqulodda qo‘ndi
27 oktabr 2022, 15:47

Toshkentdan Dubayga uchayotgan samolyot Sherozga favqulodda qo‘ndi

Toshkentdan Dubayga uchayotgan Fly Dubai aviakompaniyasining samolyoti favqulodda Eronning Sheroz shahriga qo‘ndi. Bunga ekipaj a’zolaridan birining ahvoli yomonlashgani sabab bo‘lgan. Hozirda samolyot parvozga hozirlik ko‘rmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari texnik xatolar tufayli chaqiruv qog‘ozlarini olmoqda — Moskvadagi elchixona
27 oktabr 2022, 15:44

O‘zbekiston fuqarolari texnik xatolar tufayli chaqiruv qog‘ozlarini olmoqda — Moskvadagi elchixona

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi 26 nafar o‘zbekistonlik chaqiruv qog‘ozini olganini tasdiqladi. Dipmissiya o‘zbekistonliklar chaqiruv qog‘ozi olayotgan shu va boshqa holatlarni «texnik xatolik» deb atadi va hujjatlar tekshiruvidan so‘ng safarbarlik uchun chaqiruv bekor qilinayotganini qayd etdi.

Samarqandda IIO xodimlari mahbusni kaltaklagani rad etildi
27 oktabr 2022, 15:28

Samarqandda IIO xodimlari mahbusni kaltaklagani rad etildi

Samarqandda IIO xodimlari mahbusni kaltaklagani aytilgan xabarlar rad etildi. Viloyat boshqarmasi mahbus qo‘lga olingan vaqtda jarohati bo‘lganini ma’lum qildi. IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov Ombudsman axborot xizmatini huquqiy baho berilmagan murojaatni bir tomonlama yoritganini ta’kidladi.

I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shiladi
27 oktabr 2022, 15:13

I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shiladi

Prezident imzolagan yangi qonun bilan endi I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan tibbiy xodimlari belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.

Qamchiq dovonida elektromobillar uchun TOK BOR quvvatlash stansiyasi ishga tushirildi
27 oktabr 2022, 15:00

Qamchiq dovonida elektromobillar uchun TOK BOR quvvatlash stansiyasi ishga tushirildi

Elektromobil haydovchilari uchun Qamchiq dovonida qulay va xavfsiz quvvatlantirish imkoniyati paydo bo‘ldi. TOK BOR kompaniyasi Xitoy va Yevropa modellari uchun mo‘ljallangan quvvati 80 kVt bo‘lgan tezkor stansiyani o‘rnatdi.

Toshkent va Buxoro viloyatlarida jami 2,4 tonna yaroqsiz go‘sht sotuvi oldi olindi
27 oktabr 2022, 13:34

Toshkent va Buxoro viloyatlarida jami 2,4 tonna yaroqsiz go‘sht sotuvi oldi olindi

Zangiota tumanida qariyb 1,3 tonna, Jondor tumanida esa 1,1 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti sotuvga qo‘yilishi oldi olindi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Jizzaxda korxona rahbarlari 2,9 mlrd so‘m kredit mablag‘larini talon-toroj qilgani aytilmoqda
27 oktabr 2022, 13:16

Jizzaxda korxona rahbarlari 2,9 mlrd so‘m kredit mablag‘larini talon-toroj qilgani aytilmoqda

Jizzax shahrida tadbirkor mehmonxona binosini jihozlash uchun ajratilgan 1,5 mlrd so‘mni boshqa maqsadlarda sarflab yuborgani aytilmoqda. Boshqa bir korxona rahbari esa 1,4 mlrd so‘m maqsadli kreditni o‘zlashtirgani ma’lum qilindi. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

Toshkentdagi atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 15 ta korxona faoliyati to‘xtatildi — Ekoqo‘mita
27 oktabr 2022, 13:13

Toshkentdagi atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 15 ta korxona faoliyati to‘xtatildi — Ekoqo‘mita

Ekologiya qo‘mitasi 9 oyda 648 ta subyektda, poytaxtning o‘zida esa 60 ta korxonada ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazdi. Natijada atrof-muhitni ifloslantirgan korxonalardan 49,5 mlrd (Toshkentda — 15,5 mlrd) so‘mdan ortiq kompensatsiya undirildi. Sud qarori bilan 15 ta korxona faoliyati to‘xtatildi.

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarini safarbar qilishga urinishdi
27 oktabr 2022, 12:49

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarini safarbar qilishga urinishdi

Rossiyadagi chiqindilarni qayta ishlovchi korxonada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga safarbarlik uchun chaqiruv qog‘ozlarini topshirishdi. «Gazeta.uz» vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida korxona rahbari bilan bog‘landi.

«Abu Saxiy Center»dagi avtoturargohda Orlando mashinasida yong‘in chiqdi
27 oktabr 2022, 12:20

«Abu Saxiy Center»dagi avtoturargohda Orlando mashinasida yong‘in chiqdi

Chilonzor tumanidagi «Toshkent savdo markazi»ning ko‘p qavatli avtoturargohida Orlando mashinasining dvigatelida nosozlik sabab yong‘in kelib chiqdi. Tuman FVB xodimlari kelib, yong‘inni o‘chirdi. Hodisadan bino va atrofdagi boshqa avto ulovlar zarar ko‘rmadi.

Surxondaryoda 11 kg «gashish»ni O‘zbekistonga olib kirishga uringanlar ushlandi
27 oktabr 2022, 12:16

Surxondaryoda 11 kg «gashish»ni O‘zbekistonga olib kirishga uringanlar ushlandi

Surxondaryo viloyatida 11 kg «gashish» giyohvandlik moddasini mamlakatga olib o‘tishga uringanlikda gumonlangan 11 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Davlat tili: 33 yillik javobsiz savol”. Faqat 21-oktabrdagina eslanadigan muammolar
27 oktabr 2022, 12:00

“Davlat tili: 33 yillik javobsiz savol”. Faqat 21-oktabrdagina eslanadigan muammolar

Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinganiga 33 yil bo‘ldi. Avvaliga qadamlar dadil tashlandi, keyinchalik esa qonun qayta-qayta tahrilanadigan, vazifalar ortga suriladigan, sal o‘tib amalga oshmaydigan bo‘lib qoldi. “Gazeta.uz” 21-oktabrdagina eslanadigan o‘zbek tili haqida ziyolilar fikrini so‘radi.

«Eshitish akademiyasi» «1+1» aksiyasini o‘tkazmoqda: ikkinchi eshitish apparati — bepul
27 oktabr 2022, 11:00

«Eshitish akademiyasi» «1+1» aksiyasini o‘tkazmoqda: ikkinchi eshitish apparati — bepul

«Eshitish akademiyasi» eshitish qobiliyatining yo‘qolishi qanday namoyon bo‘lishi va eshitish uskunasining taqilishi muhimligi haqida gapirib berdi. Hamda kuzning oxirigacha markazda Aurica Pixel 860 eshitish vositalariga «1+1» aksiyasi amal qiladi.

Yil oxirigacha 572 ta mahallada tibbiyot punkti tashkil etiladi
27 oktabr 2022, 10:52

Yil oxirigacha 572 ta mahallada tibbiyot punkti tashkil etiladi

Prezident 2 oyda 300 ta mahallada tibbiyot punkti ochish bo‘yicha topshiriq berdi. Martgacha punktlar oilaviy poliklinikalardan 10 km uzoqlikdagi 272 ta mahallada ham paydo bo‘ladi. Yana 640 ta tez yordam mashinasi xarid qilinadi. Qolaversa, shifokorlarning maoshini oshirish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlanadi.

Samarqandda IIO xodimlari mahbusni kaltaklagani aytilmoqda
27 oktabr 2022, 10:50

Samarqandda IIO xodimlari mahbusni kaltaklagani aytilmoqda

Samarqandda IIO xodimlari mahbusga qiynoqlar qo‘llagani oqibatida uning uchta qovurg‘asi singani va tana qismida jarohat izlari borligi aytilmoqda. Ombudsman vakili mahbus bilan uchrashib, vaziyatni o‘rgandi. Holat yuzasidan Bosh prokuraturaga murojaat qilindi.

Retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxatini SSV tomonidan tasdiqlash bekor qilinadi
27 oktabr 2022, 10:14

Retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxatini SSV tomonidan tasdiqlash bekor qilinadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxatini tasdiqlash va dori moddalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinadi. Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi.

Zominga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
27 oktabr 2022, 09:39

Zominga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Prezidentning mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga doir qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlari faoliyati tiklanadi. Zominga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting