Jamiyat

Nima tayyorlaymiz: Quymoqlar
25 fevral 2023, 10:50

Nima tayyorlaymiz: Quymoqlar

Pishloq va ko‘katli, kefirdan tayyorlangan quymoqlar, Vengriyacha go‘shtli quymoq, nachinkali, shokoladli quymoqlar, cmetanali krem surilgan quymoqli tort va boshqalar — Zira.uz shirin va oson tayyorlanadigan quymoqlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Foto: Qoraqalpog‘istonda uylar va ekin maydonlarini suv bosdi
25 fevral 2023, 10:49

Foto: Qoraqalpog‘istonda uylar va ekin maydonlarini suv bosdi

To‘rtko‘l tumanida 8 ta uy va 2,5 gektar ekin maydonini suv bosdi. Buning oqibatida uy devorlari qulab tushgan. Hodisaga suv sathi ko‘tarilgach, kanal yoqasidagi kemiruvchilar uyasi orqali o‘pqon olib, chiqib ketgani sabab sifatida ko‘rilmoqda.

Toshkentning yangi qiyofalari. Qurilishlar poytaxtning me’moriy qiyofasini qanday o‘zgartirdi?
25 fevral 2023, 10:45

Toshkentning yangi qiyofalari. Qurilishlar poytaxtning me’moriy qiyofasini qanday o‘zgartirdi?

Oxirgi yillarda shaharning rivojlanib borishi va qurilishlar sonining ko‘payishi Toshkent qiyofasini o‘zgartirib yubordi. Binolar xuddi kardiogramma chiziqlari kabi tobora yuqoriga qarab intilib bormoqda. Osmono‘par binolar va kranlarning poytaxt odatiy qiyofasiga ta’siri Yevgeniy Sorochin obyektivida.

Turkiyaga qutqaruv ishlari uchun ketgan o‘zbekistonlik FVV xodimlari qaytib keldi
25 fevral 2023, 09:55

Turkiyaga qutqaruv ishlari uchun ketgan o‘zbekistonlik FVV xodimlari qaytib keldi

Turkiyaning zilzila sodir bo‘lgan hududlarida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan O‘zbekiston FVV xodimlari shanba kuni Toshkentga qaytib keldi. Ular 2 haftadan ko‘proq vaqt davomida vayronalar ostidan 18 nafar tirik odam va 200 ga yaqin jasadni olib chiqdi.

Qashqadaryodagi metan «zapravka»da Nexia-3 portladi
25 fevral 2023, 09:03

Qashqadaryodagi metan «zapravka»da Nexia-3 portladi

Qarshi shahridagi gaz qo‘yish shoxobchasida Nexia-3 portlab ketdi. Oqibatda avtomobil orqa qismi to‘liq shikastlanib, yaroqsiz holga kelgan.

Shoir Oshiq Erkin vafot etdi
25 fevral 2023, 08:43

Shoir Oshiq Erkin vafot etdi

Shoir, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Oshiq Erkin 86 yoshida vafot etdi. U “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Toshkentda o‘nlab o‘smirlar strimer Aslamboi ozod etilishini talab qilib, yurishga chiqdi
24 fevral 2023, 22:25

Toshkentda o‘nlab o‘smirlar strimer Aslamboi ozod etilishini talab qilib, yurishga chiqdi

Mashhur PUBG strimeri Aslamboi Magic City`da muxlislari bilan uchrashuvda qo‘lga olindi. Shundan so‘ng o‘nlab o‘smirlar uning ozod etilishini talab qilib, yurishga chiqishdi. Strimerga «yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini buzganlik» uchun bayonnoma tuzildi.

24 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
24 fevral 2023, 22:00

24 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qashqadaryoga borgan prezident: uning kursantlar bilan qilgan tushligi, so‘z erkinligi haqidagi gaplari, Jizzaxda bo‘lgan zilzila, yo‘lkira haqi oshishi, 83 yoshli erkakning oyog‘ini poyezd bosib ketgani, daromad solig‘i to‘lamaydigan paxta-g‘alla ekuvchi fermerlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Foto: O‘zbekiston qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonlarga tushgan jonivorlar
24 fevral 2023, 21:56

Foto: O‘zbekiston qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonlarga tushgan jonivorlar

Tabiat resurslari vazirligi fotoqopqonlarga tushib qolgan hayvonlarning foto va video tasvirlarini e’lon qildi. Ularda, jumladan, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan jonivorlar ham aks etgan.

Moskvada to‘rt oylik ish haqini ololmagan o‘zbek va tojik migrantlari norozilik harakati uyushtirdi
24 fevral 2023, 20:10

Moskvada to‘rt oylik ish haqini ololmagan o‘zbek va tojik migrantlari norozilik harakati uyushtirdi

Moskvada noyabrdan buyon ish haqini ololmayotgan mingdan ziyod o‘zbekistonlik va tojikistonlik migrantlar norozilik harakati uyushtirdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi jarohatlangan va hibsga olinganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qildi.

“Urush va palov”. Berlindagi o‘zbek restorani haqida hikoya
24 fevral 2023, 18:38

“Urush va palov”. Berlindagi o‘zbek restorani haqida hikoya

Aktam va Zuhra Mahmaziatovlar — asli o‘zbekistonlik Ukraina fuqarolari. Rossiya bosqinidan so‘ng ular Germaniyaga qochib, Berlinda o‘zbek restorani ochgan. Menyuda — osh, manti va somsa. “Gazeta.uz” noma’lumlik sari safar vaqti yuz bergan muvaffaqiyat tarixini hikoya qiladi.

Toshkent jamoat transportida yo‘l haqini 2000 so‘mgacha oshirish taklif etilmoqda
24 fevral 2023, 18:03

Toshkent jamoat transportida yo‘l haqini 2000 so‘mgacha oshirish taklif etilmoqda

1 apreldan poytaxt jamoat transportida yo‘lkira narxini oshirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, bir martalik to‘lov naqd pulda 2000 so‘m, elektron to‘lovda 1800 so‘m, ATTO orqali 1600 so‘m bo‘lishi mumkin. Bir soat ichida avtobusdan avtobusga o‘tish arzonlashadi, keyingi o‘tishlar esa bepul bo‘ladi.

Toshkent viloyatida madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlar qamaldi
24 fevral 2023, 17:31

Toshkent viloyatida madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlar qamaldi

Nurafshon shahrida «Ulkan To‘ytepa» arxeologiya yodgorligiga 300 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgan fuqaro 1 yilu 7 oyga, Qibray tumanida «Qilichli ota» ziyoratgohini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘ning 263 mln so‘mini talon-toroj qilgan shaxs esa 5 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

«Hozir eng qadrli narsa — inson hayoti». Ukrainadagi o‘zbekistonliklar va ukrainlar urush davridagi hayot haqida
24 fevral 2023, 17:27

«Hozir eng qadrli narsa — inson hayoti». Ukrainadagi o‘zbekistonliklar va ukrainlar urush davridagi hayot haqida

Bir yil avval, 24 fevralda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandi. Shu kuni «Gazeta.uz» Ukrainadagi vatandoshlar va ushbu mamlakat fuqarolaridan o‘z shaharlarida nimalar bo‘layotgani, rasmiylar qanday choralar ko‘rayotgani haqida so‘ragandi. Bir yil o‘tib, biz ular bilan yana bog‘lanib, nimalar o‘zgarganiga qiziqdik.

Jizzaxda 2−3 ballik zilzila qayd etildi
24 fevral 2023, 16:28

Jizzaxda 2−3 ballik zilzila qayd etildi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida magnitudasi 3,9 bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi Jizzax shahri, Sharof Rashidov va Baxmal tumanlarida sezildi.

Prezident Qarshidagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari bilan tushlik qildi
24 fevral 2023, 15:53

Prezident Qarshidagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari bilan tushlik qildi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlarining jangovar tayyorgarligi bilan tanishdi, muassasa oshxonasida ular bilan birga tushlik qildi.

Foto: Prezident Qashqadaryoda yangi qurilgan maktab va kasanachilik markazida bo‘ldi
24 fevral 2023, 15:37

Foto: Prezident Qashqadaryoda yangi qurilgan maktab va kasanachilik markazida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida Qarshi tumanidagi «Yangi Batosh» mahallasida bo‘ldi. U yerdagi yangi qurilgan maktab va kasanachilik markazini ko‘zdan kechirib, aholi bilan suhbatlashdi.

Toshkent viloyatida 83 yoshli erkakning oyog‘ini poyezd bosib ketdi
24 fevral 2023, 15:20

Toshkent viloyatida 83 yoshli erkakning oyog‘ini poyezd bosib ketdi

Toshkent tumanining Keles-Sariag‘ach temir yo‘lida yuk poyezdi fuqaro oyog‘ini bosib ketdi. Hozir jabrlanuvchining ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qo‘shimchasiga kasanachilik bilan ham shug‘ullanishiga ruxsat berildi
24 fevral 2023, 14:32

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qo‘shimchasiga kasanachilik bilan ham shug‘ullanishiga ruxsat berildi

Prezident qarori bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati to‘ldirildi. Endi ish beruvchilarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni kasanachi sifatida jalb qilishga ruxsat berildi.

Buxoro ichki ishlar boshqarmasiga Mirjamol Miralimov rahbar bo‘ldi
24 fevral 2023, 12:42

Buxoro ichki ishlar boshqarmasiga Mirjamol Miralimov rahbar bo‘ldi

Avval IIV boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Mirjamol Miralimov Buxoro viloyati IIBga rahbar bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting