Hisor, Zomin va Qizilqum qo‘riqxonalarida o‘rnatilgan fotoqopqonlarga ayrimlari O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar tez-tez tushib turadi. Tabiat resurslari vazirligi ularni baham ko‘radi.

Hisor qo‘riqxonasi

Bu safar fotoqopqonga qor qoploni tushdi

Qor qoploni O‘zbekiston Qizil kitobiga va Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi ro‘yxatiga kiritilgan. Bu yo‘qolib ketish arafasida turgan mahalliy tarqalgan tur.

Hayvon juda yashirin hayot tarzini olib boradi va tunda faol bo‘ladi, kunduzi u g‘orlarda, tosh yoriqlarida yashirinadi. Qor qoplonlari har ikki yilda bir marta ko‘payadi va yovvoyi tuyoqlilar ortidan mavsumiy vertikal migratsiyalarni amalga oshiradi.

Fotoqopqonlar odatda baland, borish qiyin bo‘lgan tog‘larda yashaydigan sibir tog‘ echkisini ham tasvirga oldi.

Bu yer hayvonlarning doimiy yashash joyi hisoblanadi. Qo‘riqxona xodimlarining ta’kidlashicha, tog‘ echkilarini muhofaza qilish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli ularning soni yanada ko‘payishi kutilmoqda.

Qizilqum qo‘riqxonasi

Qamish mushugi ham f qotopqonning obyektiviga tushib qolgan.

Odatda ular Amudaryoning o‘rta va quyi oqimidagi chakalakzorlarda va suv omborlarining qirg‘oq zonasida yashaydi.

Amudaryo suvlarida yovvoyi o‘rdaklarni ham ko‘rish mumkin. Tabiat resurslari vazirligi ular tasviri tushirilgan videoni e’lon qildi.

Zomin qo‘riqxonasi

Zominda o‘ziga joy tanlab, hordiq chiqarayotgan yolg‘iz bo‘ri fotoqopqonga tushib qoldi. Oradan ikki soatlar o‘tib, u atrofni kuzatadi va so‘ngra jo‘nab ketadi.

Bo‘rilar ajoyib eshitish va ko‘rish qobiliyatiga ega, bu ularga qorong‘ida yaxshi ko‘rishga yordam beradi.

Chotqol qo‘riqxonasi

Tabiat resurslari vazirligi Turkiston silovsini tasvirini ham e’lon qildi.

силовсин, табиат resurslari vazirligi, fотоқопқон

Jonivor ochiq o‘rmonlar va dashtlarda yashaydi, shuningdek, O‘rta Osiyoning cho‘l mintaqalarining qoyali tepaliklari va tog‘larida ham uchraydi. U asosan kechasi, ba’zan kunduzi faol bo‘ladi, qolgan vaqtlari esa zich chakalakzorlarda yashirinadi.

Turkiston silovsisi Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va Qizil kitobga kiritilgan.