2023 yil 11 fevral kuni Toshkent viloyati, Toshkent tumanida 83 yoshli erkak poyezd tagidan o‘tmoqchi bo‘ladi va yuk poyezdi harakatlangan vaqtida uning oyog‘i g‘ildirak tagida qolib, uzilib tushadi. Bu haqda Milliy telekanalining Millar dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, bu erkak uyiga borish uchun piyodalar o‘tish yo‘lidan foydalanmasdan Keles-Sariag‘ach temir yo‘lida to‘xtab turgan poyezd tagidan o‘tadi va o‘ng oyog‘i g‘ildirak tagida qolib, uzilib tushadi. Hozirda uning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.

Bundan tashqari,16 fevral kuni Toshkent sharhining Yunusobod tumanidagi Salar-Chuqursoy temir yo‘lidan 66 yoshli erkak o‘tmoqchi bo‘ladi va uni yuk mashinasi urib ketib, jiddiy tan jarohati oladi.

O‘rganishlar natijasida ikkala fuqaro ham muntazam spirtli ichimliklar ichgani va 66 yoshli fuqaro ham voqea sodir bo‘lgan kunda ham mast holda ekani ma’lum bo‘lgan.