24 fevral kuni Qarshi shahri «Nasaf» ko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz qo‘yish shoxobchasida Nexia-3 mashinasi portladi, deb xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

2019 yilda ishlab chiqarilgan, oq rangli Nexia-3 gaz balloniga gaz quyish vaqtida yorilish (portlash) sodir bo‘lgan. Oqibatda avtomobil orqa qismi to‘liq shikastlangan. Hodisa joyida yong‘in sodir bo‘lmagan va jarohat olganlar yo‘q.

машина portladi, қашқадарё

Holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda avtomobillarda gaz ballonlari portlashi tez-tez sodir bo‘lib turadi. O‘tgan yilning avgust oyida Sirdaryoda avtobus portlashi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgandi. O‘sha oyda Qashqadaryoda Nexia mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni, Jizzax viloyatida esa «Jiguli» rusumli avtomashina portlagan. 2021 yilda 14 ta portlash va 2 ta yong‘in oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 9 kishi jarohatlangan.

Senatda bir necha bor gaz ballonli avtomashinalar xavfsizligi va ularga belgilangan me’yordan ortiq yonilg‘i quyish masalasi ko‘tarilgan va bu borada hukumatga so‘rov ham yuborilgan. sentabr oyida Senat avtomobilga normadan ortiq yonilg‘i quygan shoxobchalarni litsenziyadan mahrum qilishni taklif qilgan.