Polkovnik Mirjamol Miralimov Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi.

Bu haqda 24 fevral kuni viloyatda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov o‘tkazgan xizmat faoliyatiga oid tezkor yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Mirjamol Miralimov avval ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

U shu vaqtgacha viloyat IIB rahbari bo‘lgan polkovnik Aliyev Shuxrat Xasanovichning o‘rnini egalladi. Shuxrat Aliyev esa hozirda Namangan viloyati IIBni boshqarmoqda.