O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Moskvada joylashgan qurilish maydonchasida mehnat migrantlari ishtirokida yuz bergan norozilik harakati (video) yuzasidan munosabat bildirdi.

Tashqi mehnat migransiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasiga tayanib ma’lum qilishicha, 22 fevral kuni Moskvadagi Crocus Group qurilish maydonchasida mehnat migrantlari tomonidan norozilik harakati uyushtirilgan.

«Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanmagani sababli uyushtirilgan norozilik harakati oqibatida ish beruvchilar va migrantlar o‘rtasida jismoniy kuch ishlatilgan. Shundan so‘ng korxona rahbariyati fuqarolar bilan uchrashib, ularning ishlagan barcha maoshlarini to‘lab berishga va’da bergan», — deyiladi xabarda.

Agentlik ushbu holatda jarohat olganlar va hibsga olinganlar o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini bildirdi.