Turkiyada 18 kunlik qidiruv-qutqaruv ishlaridan so‘ng O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi otryadi Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda ularni kutib olishga chiqqan «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Otryad ishtirokidagi qutqaruv operatsiyasi 2 haftadan ko‘proq davom etdi va shu vaqt ichida ular vayronalar ostidan 18 nafar tirik odam va 200 ga yaqin jasadni olib chiqdi.

зилзила, туркия, туркиядаги зилзила, o‘zbekistonlik qutqaruvchilar

Toshkent xalqaro aeroportida vazirlik xodimlarini ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik vakillari, favqulodda vaziyatlar vaziri va boshqa rasmiylar kutib oldi.

зилзила, туркия, туркиядаги зилзила, o‘zbekistonlik qutqaruvchilar

Eslatib o‘tamiz, 7 fevral kuni O‘zbekistondan ikkita samolyot tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun insonparvarlik yordami va 100 nafar qutqaruvchi guruhini eng og‘ir jabr ko‘rgan Adana va Gaziantep shaharlariga yetkazgan.

зилзила, туркия, туркиядаги зилзила, o‘zbekistonlik qutqaruvchilar

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar delegatsiyasi 7 fevral kuni erta tongda Gaziantep shahri aeroportiga yetib borgan, shundan so‘ng qidiruv-qutqaruv guruhlari ish joyiga, xususan, Hatay viloyatining ma’muriy markazi yaqinidagi Ovakent va Jumabozor shaharlariga olib borilgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida vazirlikning maxsus texnikasi va kinologiya brigadalari jalb qilingan bo‘lib, ular o‘sha maxsus samolyotda ish joyiga olib kelingan. Shu vaqt ichida davlat rahbari topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston tabiiy ofat zonasiga 6 partiya gumanitar yuk jo‘natgan — bular dori-darmon, ko‘rpa-to‘shak, chodir va boshqa zarur mahsulotlar.

8 fevral kuni prezident topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy shifokorlari maxsus bort bilan Hatay viloyatiga jo‘natilgan, ularning vazifasi mahalliy aholiga yordam ko‘rsatish maqsadida harbiy dala gospitalini joylashtirishdan iborat yedi.

Shuningdek, tabiiy ofat o‘chog‘iga tashrif buyurgan mamlakat tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov o‘zbekistonlik qutqaruvchilarning joylashgan lageriga ham borgan.

O‘zbekistonlik FVV xodimlari qutqaruv ishlarini olib borgan Turkiyaning Hatay viloyatida 20 fevral kuni ham yangi zilzilalar qayd etilgandi. Vazirlik matbuot kotibi o‘shanda «Gazeta.uz» so‘roviga javoban mutaxassislarga zarar yetmaganini ma’lum qilgan.