O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Prezident bilim yurti oshxonasida ofitser va kursantlar bilan birga tushlik qildi va ular bilan suhbatlashdi. Kursantlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, jangovar mashg‘ulotlarni ko‘zdan kechirdi.

Ma’lumot uchun, mazkur bilim yurti 2019 yil 5 iyul kuni davlat rahbari qarori asosida Jizzax shahridan Qarshidagi harbiy shaharchaga ko‘chirilgan.

Foto

олий harbiy aviatsiya bilim yurti, президент tashrifi, қашқадарё

Avvalroq dalat rahbari Qarshi tumanidagi «Yangi Batosh» mahallasida bo‘lgani, u yerdagi yangi qurilgan maktab va kasanachilik markazini ko‘zdan kechirib, aholi bilan suhbatlashgani haqida xabar berilgan edi.