Foto: Prezident Qashqadaryoda yangi qurilgan maktab va kasanachilik markazida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida Qarshi tumanidagi «Yangi Batosh» mahallasida bo‘ldi. U yerdagi yangi qurilgan maktab va kasanachilik markazini ko‘zdan kechirib, aholi bilan suhbatlashdi.

Prezident Qarshidagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari bilan tushlik qildi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlarining jangovar tayyorgarligi bilan tanishdi, muassasa oshxonasida ular bilan birga tushlik qildi.

Shavkat Mirziyoyev kursantlar bilan tushlik chog‘ida Putin va Bayden nutqlarini tilga oldi

O‘zbekiston prezidenti Qarshidagi harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari bilan tushlikda Rossiya va AQSh prezidentlari nutqlarini tilga oldi. «Har bir davlat o‘z suvereniteti, o‘z xalqi manfaatlari haqida o‘ylashi uchun kuchli mudofaa bo‘lishi kerak. Shunda davlat o‘zini hurmat qilishga majbur qiladi», — dedi u.

Toshkent jamoat transportida yo‘l haqini 2000 so‘mgacha oshirish taklif etilmoqda

1 apreldan poytaxt jamoat transportida yo‘lkira narxini oshirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, bir martalik to‘lov naqd pulda 2000 so‘m, elektron to‘lovda 1800 so‘m, ATTO orqali 1600 so‘m bo‘lishi mumkin. Bir soat ichida avtobusdan avtobusga o‘tish arzonlashadi, keyingi o‘tishlar esa bepul bo‘ladi.

2022 yilda O‘zbekistonda yo‘lovchilarning 97,5 foizi avtomobildan foydalandi — PMTI

2017−2022 yillarda yo‘lovchilarni tashish va yo‘lovchi aylanmasi o‘sdi. 2022 yilda transportda 6,1 mlrd kishi tashildi. Bunda avtomobillar ulushi yuqori bo‘ldi. Endilikda jamoat transporti qamrovini 95% ga yetkazish rejalashtirilmoqda.

«Hamma aytadi: OAVni yopib qo‘y, deb. Yo‘q, yopmayman» — prezident so‘z erkinligi haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshida faollar bilan suhbatda OAV, so‘z erkinligi haqida to‘xtaldi. U ko‘pchilik OAVni yopib qo‘yishni aytishini ma’lum qildi. «Yo‘q, yopmayman. Yana oldingiday prokuror, SNB (MXX) tekshiruvchi bo‘laversinmi? Biz niyatimizga yetdikmi? Birimiz ikki bo‘ldimi?» — deya so‘radi u.

Toshkent viloyatida madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlar qamaldi

Nurafshon shahrida «Ulkan To‘ytepa» arxeologiya yodgorligiga 300 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgan fuqaro 1 yilu 7 oyga, Qibray tumanida «Qilichli ota» ziyoratgohini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘ning 263 mln so‘mini talon-toroj qilgan shaxs esa 5 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Qonunchilikka hokim xalq deputatlari Kengashining raisi bo‘lmasligi haqida norma kiritilishi mumkin

Qonunchilik palatasidagi qo‘shma yig‘ilishda qonun bilan «hokim lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida tegishli xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas» degan norma o‘rnatilayotgani ma’lum qilindi.

Qonunchilik palatasida Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha loyiha muhokamasi qayta tiklanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ikki mas’ul qo‘mitasi bugun Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qiladi. Hujjat noyabr oyida qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarib yuborilgandi.

MB muqobil energiya uchun kredit bo‘yicha riskni vaqtincha nollashtirishni taklif qilmoqda

O‘zbekistonda muqobil energiya obyektlarini ishga tushirish uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha tavakkalchilik darajasi 1 dekabrgacha nollashtirilishi mumkin. Shunday qaror qabul qilinsa, muammoli kreditlar bo‘yicha 2 xonali raqamlarga duch kelish ehtimoli bor, — deydi iqtisodchi Otabek Bakirov.

Jizzaxda 2−3 ballik zilzila qayd etildi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida magnitudasi 3,9 bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi Jizzax shahri, Sharof Rashidov va Baxmal tumanlarida sezildi.

Toshkent viloyatida 83 yoshli erkakning oyog‘ini poyezd bosib ketdi

Toshkent tumanining Keles-Sariag‘ach temir yo‘lida yuk poyezdi fuqaro oyog‘ini bosib ketdi. Hozir jabrlanuvchining ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qo‘shimchasiga kasanachilik bilan ham shug‘ullanishiga ruxsat berildi

Prezident qarori bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati to‘ldirildi. Endi ish beruvchilarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni kasanachi sifatida jalb qilishga ruxsat berildi.

Buxoro ichki ishlar boshqarmasiga Mirjamol Miralimov rahbar bo‘ldi

Avval IIV boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Mirjamol Miralimov Buxoro viloyati IIBga rahbar bo‘ldi.

Paxta-g‘allaga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari ishchilari daromad solig‘idan ozod etiladi

Prezident qarori bilan davlat budjetidan paxta yoki g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari ishchilarining daromad solig‘i qaytarib beriladi. Ushbu tartib 1 apreldan tajriba tariqasida joriy etiladi.

Shanba kuni aksariyat hududlarda qor yog‘adi

25 fevral kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida qor va yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbaga borib quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu kunlarda tog‘li joylarda qor ko‘chishi xavfi bor.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Hozir eng qadrli narsa — inson hayoti». Ukrainadagi o‘zbekistonliklar va ukrainlar urush davridagi hayot haqida

Bir yil avval, 24 fevralda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandi. Shu kuni «Gazeta.uz» Ukrainadagi vatandoshlar va ushbu mamlakat fuqarolaridan o‘z shaharlarida nimalar bo‘layotgani, rasmiylar qanday choralar ko‘rayotgani haqida so‘ragandi. Bir yil o‘tib, biz ular bilan yana bog‘lanib, nimalar o‘zgarganiga qiziqdik.

«Urush va palov». Berlindagi o‘zbek restorani haqida hikoya

Aktam va Zuhra Mahmaziatovlar — asli o‘zbekistonlik Ukraina fuqarolari. Rossiya bosqinidan so‘ng ular Germaniyaga qochib, Berlinda o‘zbek restorani ochgan. Menyuda — osh, manti va somsa. «Gazeta.uz» noma’lumlik sari safar vaqti yuz bergan muvaffaqiyat tarixini hikoya qiladi.