Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 24 fevral soat 16:12 da zilzila qayd etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

Zilzila koordinatalari: 39,97 gradus shimoliy kenglik; 67,74 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 190 km janubiy-g‘arbda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Sharof Rashidov tumanida 2−3 ball, 13 km;
  • Jizzax shahrida 2−3 ball, 18 km;
  • Baxmal tumanida 2 ball, 27 km.

Eslatib o‘tamiz, 23 fevral kuni Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda ikki marta (1, 2) sezilgandi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Avvalroq, «Gazeta.uz» nima uchun barcha zilzilalarni bashorat qilib bo‘lmasligi haqida olimlar bilan suhbatlashgandi.