Jamiyat

Nukus voqealari bo‘yicha yangi ish figurantlariga 5 yildan 12 yilgacha qamoq jazosi berish so‘raldi
1 mart 2023, 17:14

Nukus voqealari bo‘yicha yangi ish figurantlariga 5 yildan 12 yilgacha qamoq jazosi berish so‘raldi

Prokuror suddan Nukus voqealari bo‘yicha sudlanayotgan 37 nafar shaxsga 5 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2 nafariga esa ozodlikni cheklash jazosi berishni so‘radi. Advokatlardan biri prokuraturaning ayblovlaridagi barcha moddalar ularni rad etuvchi dalillarga qaramay o‘zgarishsiz qolganini aytdi.

DXX O‘zbekistonga qo‘shni davlatlardan 56 kg narkotik moddalar olib kirilishining oldini oldi
1 mart 2023, 12:58

DXX O‘zbekistonga qo‘shni davlatlardan 56 kg narkotik moddalar olib kirilishining oldini oldi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Tojikiston va Qirg‘izistondan umumiy og‘irligi 56 kg bo‘lgan gashish va opiy olib kirilishi bilan bog‘liq holatlarning oldini oldi.

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
1 mart 2023, 12:35

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Prezident farmoni bilan Navro‘z bayramida haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 5 kun, ya’ni 18−22 mart sanalarida, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar 4 kun, ya’ni 19−22 mart sanalarida dam oladi. 23 martdan esa barcha yana ishga chiqadi.

Sirdaryo tumani hokimi o‘quvchi qizlarga non yopishni o‘rgatishni taklif qildi
1 mart 2023, 12:08

Sirdaryo tumani hokimi o‘quvchi qizlarga non yopishni o‘rgatishni taklif qildi

Sirdaryo tumani hokimi Botirjon Mirzaqulov «Hayot maktabi» loyihasi tashkil etilgani haqida gapirib, o‘quvchi qizlarga non yopishni o‘rgatishni taklif qildi. «Non pishirishni o‘rgatadigan avlod yo‘qolib, non sotib olishga o‘tildi. Dalada hamma g‘o‘zapoya qolib ketdi», — deydi hokim.

OKMK Toshkentdagi chang manbasi uning karyeri ekanini rad etdi
1 mart 2023, 11:42

OKMK Toshkentdagi chang manbasi uning karyeri ekanini rad etdi

OKMK Toshkentda chang paydo bo‘lishining asosiy sababi “Yoshlik I” konining yangi uchastkasida olib borilayotgan tozalash ishlari ekani haqidagi ma’lumotni rad etdi.

1 martdan nimalar o‘zgaradi?
1 mart 2023, 11:35

1 martdan nimalar o‘zgaradi?

Soliq tekshiruvlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyati yaratiladi, 1 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlari faqat tender orqali ajratiladi, 6 ta yangi mahalliy yo‘nalishda aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi, tadbirkorlar soliq qarzini foizlarsiz bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi — 1 martdan nimalar o‘zgaradi?

Toshkentda avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi
1 mart 2023, 11:29

Toshkentda avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi

Toshkent shahrida 28- va 155-sonli avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi. Ularga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bloger Shahnoza Soatova holat bo‘yicha fikr bildirar ekan, haydovchilarni «potensial zo‘ravon va qotil» deya atadi.

Uzbekistan Airways Navro‘z bayramiga 21 foizlik chegirma e’lon qildi
1 mart 2023, 11:12

Uzbekistan Airways Navro‘z bayramiga 21 foizlik chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar uchun 21% chegirma e’lon qildi. U 18 martdan 22 martgacha bo‘lgan sotuv davrida amal qiladi.

XTBB o‘quvchi qizlarning TikTok`dagi videosi «milliy urf-odatlarga to‘g‘ri kelmasligini» bildirdi
1 mart 2023, 10:47

XTBB o‘quvchi qizlarning TikTok`dagi videosi «milliy urf-odatlarga to‘g‘ri kelmasligini» bildirdi

TikTok`da Toshkentdagi o‘quvchi qizlarning mashhur «Za dengi da» qo‘shig‘iga qalbaki dollarlarni sochgan holda o‘ynagani aks etgan hazilomuz videosi tarqaldi. Poytaxt xalq ta’limi bosh boshqarmasi holat bo‘yicha qizlarning ota-onasi uzr so‘raganini va raqs «milliy urf-odatlarga to‘g‘ri kelmasligini» bildirdi.

O‘zbekiston bosh muftiysi bir nechta imom-xatibni ishdan oldi, ayrimlariga hayfsan berdi
1 mart 2023, 10:00

O‘zbekiston bosh muftiysi bir nechta imom-xatibni ishdan oldi, ayrimlariga hayfsan berdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov o‘tkazgan yig‘ilishda qator imom-xatiblar ishdan olindi, ayrimlariga hayfsan berildi. Muftiy imom-xatiblarga ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilish odobiga amal qilish va bilim saviyalarini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

O‘zbekistonning barcha hududlarida ham tezlik pasaytirilmaydigan bo‘ldi
1 mart 2023, 09:32

O‘zbekistonning barcha hududlarida ham tezlik pasaytirilmaydigan bo‘ldi

2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, 1 apreldan Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyat va tumanlar markazlarida avtomobillar harakatlanishining eng yuqori tezligi 70 km/soatdan 60 km/soatga tushiriladi. Avvalroq loyihada cheklovni barcha aholi punktlarida qo‘llash taklif qilingandi.

China Southern Airlines Pekin va Toshkent o‘rtasidagi parvozlarni tiklaydi
1 mart 2023, 09:21

China Southern Airlines Pekin va Toshkent o‘rtasidagi parvozlarni tiklaydi

Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi Pekin va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni tiklaydi va birinchi reys 26 martga mo‘ljallangan. Muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta — dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Fevral oyida «Gazeta.uz» jamoasi tayyorlagan maxsus materiallar
28 fevral 2023, 23:05

Fevral oyida «Gazeta.uz» jamoasi tayyorlagan maxsus materiallar

100 yoshga to‘lgan «Mushtum» jurnalining haligacha eskirmagan dolzarb mavzulari, taniqli shaxslar, jamoat faollaridan o‘qilishi maqsadga muvofiq kitoblar ro‘yxati, Turkiyadagi zilzila oqibatlari, Ukrainadagi urushning global iqtisodiyotga ta’siri va boshqalar — «Gazeta.uz» fevral oyida nimalar yozgani haqida.

Qishning so‘nggi kunida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
28 fevral 2023, 22:00

Qishning so‘nggi kunida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ai-80 benzini narxi oshmasligi, yovvoyi hayvon va qushlarni ovlash mavsumi yakunlangani, xonadonlarga beriladigan elektr 50 foizga ko‘payishi, komissiya uchun xodimlardan pul yig‘gani sabab ishdan ketgan maktab direktori, pora bilan ushlangan prokuratura xodimlari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Kuyov monologi
28 fevral 2023, 21:00

Kuyov monologi

«Uylanishga sarf bo‘ladigan pulning hisobi chiqdi. Miqdorini aytmay, qo‘rqib ketasiz. Faqat bir narsani aytishim mumkin: hozir 25 daman. Sovxozda mexanizatorman, maoshim tuzuk. Tejamkorlik bilan jamg‘arsam, pulni to‘plash uchun yana 19 yil-u 9 oy kerak ekan […] Demak, 45 yoshimda nikoh to‘yimiz bo‘larkan».

Toshkent hokimligi «Rosatom» konstruktorlik byurosiga infratuzilma sohasida hamkorlikni taklif qildi
28 fevral 2023, 19:57

Toshkent hokimligi «Rosatom» konstruktorlik byurosiga infratuzilma sohasida hamkorlikni taklif qildi

Toshkent hokimligi «Rosatom»ning energiya samaradorligi va infratuzilma yechimlari loyiha byurosini O‘zbekiston poytaxtining elektr va issiqlik ta’minotini yaxshilash hamda kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilishga jalb etmoqchi.

Yaponiya O‘zbekistondagi uchta ta’lim muassasasiga grant ajratdi
28 fevral 2023, 19:20

Yaponiya O‘zbekistondagi uchta ta’lim muassasasiga grant ajratdi

Yaponiya O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga Urganchdagi maktabda sanitariya holatini yaxshilash hamda Termizdagi ikkita bog‘chani o‘quv jihozlari bilan ta’minlash uchun grantlar ajratdi.

O‘zDJTSU Farg‘ona filialida 356 abituriyentning ballari o‘zgartirilgani aniqlandi
28 fevral 2023, 19:04

O‘zDJTSU Farg‘ona filialida 356 abituriyentning ballari o‘zgartirilgani aniqlandi

O‘zDJTSU Farg‘ona filialida o‘tkazilgan kasbiy imtihonlarda 356 nafar abituriyent to‘plagan ballarga soxta yozuvlar kiritilib, ularning 322 nafariga ball qo‘shib berilgani, 34 nafarining ballari esa kamaytirilgani aniqlandi. Natijada yuqori ball to‘plagan 145 nafar abituriyent o‘qishga kira olmagan.

Dauletmurat Tajimuratovning advokati Oliy sudga apellyatsiya shikoyatini kiritdi
28 fevral 2023, 17:03

Dauletmurat Tajimuratovning advokati Oliy sudga apellyatsiya shikoyatini kiritdi

Qoraqalpog‘istondagi iyul voqealari bo‘yicha jinoiy ishda sudlangan Dauletmurat Tajimuratovning ukasi va advokati Rinat Tajimuratov O‘zbekiston Oliy sudiga apellyatsiya shikoyatini kiritdi. U jazoni yengilrog‘iga almashtirish va moddiy zararni to‘lashdan ozod qilishni so‘radi.

Food City bahorgi yarmarka va chegirmalar aksiyasini e’lon qildi
28 fevral 2023, 17:00

Food City bahorgi yarmarka va chegirmalar aksiyasini e’lon qildi

1−8 mart kunlari Food City savdo majmuasida bahorgi yarmarka va chegirmalar aksiyasi bo‘lib o‘tadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting