2022 yil 1−2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha yakunlanishi arafasida turgan ikkinchi jinoyat ishi bo‘yicha 27 fevral kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida prokuratura 39 nafar ayblanuvchining aksariyatiga ko‘p yillik qamoq jazosini so‘radi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

6 fevraldan buyon ishni Qoraqalpog‘iston sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Dauletbay Razov raisligida birinchi instansiya sudi ko‘rib chiqmoqda.

нuкuс voqealarи, sud

Sudlanuvchilarning aksariyati Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi (Qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qo‘rqitib shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatish, qirg‘in solish, o‘t qo‘yish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish) bilan ayblanmoqda.

Yetti nafar sudlanuvchiga 244-moddaning 3-qismi bilan bir qatorda Jinoyat kodeksining 244−1-moddasi 3-qismi «a» va «g» bandlari (oldindan til biriktirgan holda bir guruh shaxslar tomonidan, OAV yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internetdan foydalanib jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan ayblanmoqda.

нuкuс voqealarи, sud

Prokuratura tomonidan o‘qilgan ayblovning tavsif qismida yig‘ilishning birinchi kunida aytilgan ayblovlar ham keltirib o‘tildi.

Davlat ayblovchilari o‘z nutqida barcha sudlanuvchilar aybli degan xulosaga kelingani hamda ularga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan jazo turi va me’yori haqidagi fikrlari bayon qilindi.

Jumladan:

Alimbay Мирзaмbетоvни (1979 yilda tug‘ilgan, ishsiz) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi (Qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qo‘rqitib shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatish, qirg‘in solish, o‘t qo‘yish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish) bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55- (Jazoni yengillashtiruvchi holatlar), 56- (Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar), 57- (Yengilroq jazo tayinlash) moddalariga asosan uzil-kesil 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Dauletkeldi Nadirbayevni (1988, Xalq banki Taxtako‘pir filiali yuristi) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56-moddalariga asosan uzil-kesil 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Dauletkeldi Nadirbayevni (1988, Xalq banki Taxtako‘pir filiali yuristi) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244−1-moddasi 3-qismi «a,g» bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan, OAV yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internetdan foydalanib jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57, 59- (Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash)moddalariga asosan uzil-kesil 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Kamal Yeshjanovni (1999, ishsiz) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57-moddalariga asosan uzil-kesil 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Muratbay Pirlepesov (1978, yakka tartibdagi tadbirkor) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57-moddalariga asosan uzil-kesil 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Adilbek Sariyevni (1985, yollanma ishchi) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57-moddalariga asosan uzil-kesil 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Nusret Bauyetdinov (1970, ishsiz) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56-moddalariga asosan uzil-kesil 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Alisher Sharapovni (1989, yollanma ishchi) — Jinoyat kodeksiing 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57-moddalariga asosan uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Ongarbay Mamutov (1966, 2-gurun nogironi) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57-moddalariga asosan uzil-kesil 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

нuкuс voqealarи, sud

Rustam Dosimbetov (1985 yil, ishsiz) — Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «a» bandi (ikki yoki undan ortiq shaxsga qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) va 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Azamat Allanazarov (1997, taksi haydovchisi) — Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «a» bandi, 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi 3-qismi «a» bandi (bosqinchilik yo‘li bilan o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 59-moddalariga asosan uzil-kesil 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Nursultan Duysenbayev (1998, mavsumiy ishchi) — Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «a» bandi, 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 59-moddalariga asosan uzil-kesil 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Nursultan Baylepesov (1993, haydovchi) — Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «a» bandi, 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57, 59-moddalariga asosan uzil-kesil 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Alpamis Jumabekov (1994, mavsumiy ishchi) — Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «a» bandi, 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57, 59-moddalariga asosan uzil-kesil 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Kongratbay Bekpolatov (1985 yil, «Berdi-Trans» kompaniyasi haydovchisi) — Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «a» bandi va 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57, 59-moddasiga asosan uzil-kesil 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Ruslan Baymbetov (1988 yil, «Davlet Trans» haydovchisi) — Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «a» bandi va 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57, 59-moddasiga asosan uzil-kesil 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Kuanishbay Baxiyev (1988 yil, yakka tartibdagi tadbirkor) — Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «a» bandi va 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57, 59-moddasiga asosan uzil-kesil 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Islom Saparov (1989 yil, yakka tartibdagi tadbirkor) — Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «a» bandi va 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57, 59-moddasiga asosan uzil-kesil 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Asilbek Omirzakov (1991, yakka tartibdagi tadbirkor) — Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a, v» bandi (hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan talonchilik) va 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 59-moddalariga asosan uzil-kesil 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Nuratdiyin Xabipov (1992, Milliy gvardiya Nukus shahar boshqarmasi askari) — Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «a» bandi va 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 59-moddasiga asosan uzil-kesil 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Zairbek Pirjanov (1986, prezident maktabi haydovchisi) — Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «a» bandi va 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57, 59-moddasiga asosan uzil-kesil 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Zamirbek Tadjimuratov (1988, ishsiz) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56-moddalariga asosan uzil-kesil 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Oralbay Dosnazarov (1977, «Nizam ustinligi» advokatlik byurosi advokati) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244−1-moddasi 3-qismi «a, g» bandlari bilan bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 56, 59-moddalariga asosan uzil-kesil 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

нuкuс voqealarи, sud

Тимuрbек Ismailov (1997, 12-maktab o‘qituvchisi) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57-moddalariga asosan uzil-kesil 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Islam Polatov (1999, ishsiz) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244−1-moddasi 3-qismi «a, g» bandlari bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57, 59, 60-moddalariga asosan uzil-kesil 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tash;

Sharapat Ashirbekov (1979, ishsiz) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 2441-moddasi 3-qismi «a, g» bandlari bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56-moddalariga asosan uzil-kesil 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Dauranbek Ramanov (1996, ishsiz) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244−1-moddasi 3-qismi «a, g» bandlari bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56-moddalariga asosan uzil-kesil 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Rasul Sultaniyazov (1990, Trans Less kompaniyasi ishchisi) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56-moddalariga asosan uzil-kesil 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinlash hamda sud zalidan ozod qilish;

Abdimalik Xojanazarov (1974) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244−1-moddasi 3-qismi «a, b, g» bandlari bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57, 59-moddalariga asosan uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Yesimkan Qanaatov (1981, «Ishonch» gazetasi muxbiri, O‘zA sobiq muxbiri) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244−1-moddasi 3-qismi «a, b, g» bandlari bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57, 59-moddalariga asosan uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Omirbek Kurbanov (1986, yakka tartibdagi tadbirkor) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244−1-moddasi 3-qismi «a, g» bandlari bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Raximjan Jumabayev (1992, taksm haydovchisi) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57, 59-moddasiga asosan uzil-kesil 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Abzal Naurizbayev (1996, Qoraqalpog‘iston davlat universiteti talabasi) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57-moddasiga asosan uzil-kesil 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Nurmuxammed Genjebayev (2004, ishsiz) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57-moddasiga asosan uzil-kesil 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinlash hamda sud zalidan ozod qilish;

Islambek Aitmuratov (1993, Qo‘ng‘irot vagon deposi nazoratchisi) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57-moddasiga asosan uzil-kesil 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Aydos Yesemuratov (1993, ishsiz) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56-moddasiga asosan uzil-kesil 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Kuanishbay Begaliyev (1989, «Trans yo‘l kurilish» kompaniyasi haydovchisi) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56-moddasiga asosan uzil-kesil 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Manas Raxmanov (1993, «Zarqand» qandolatchilik korxonasi savdo agenti) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56, 57-moddasiga asosan uzil-kesil 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash;

Amantay Seytmuratov (1976, ishsiz) — Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 55, 56-moddasiga asosan uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash haqida prokuror fikri bayon qilindi.

«Ayblovning birorta moddasi o‘zgarmagan»

нuкuс voqealarи, sud

Yetti nafar ayblanuvchining advokati Plis Abdijaliyevning «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida prokuratura mahkama boshida aytilgan ayblovning birorta bandini o‘zgartirmaganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, deyarli barcha sudlanuvchilar o‘z ayblariga qisman yoki to‘liq iqror bo‘lgan, biroq ularning ba’zilari ayblovning u yoki bu bandiga qo‘shilmagan. Masalan, «Nizam ustinligi» advokatlik byurosi advokati O‘rolbay Do‘snazarov Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlarning umumxalq muhokamasi chog‘ida taklif etilayotgan o‘zgartirishlardan norozilik mavzusida Nukus shahridagi «Toshkent» mehmonxonasida advokatlar yig‘ilishi tashkil etilgani nima sababdan ayblovga qo‘shilganidan hayratda ekanini bildirdi va aybini tan olmadi.

Himoyachining ta’kidlashicha, advokatlar ayblovning ayrim qismlarini rad etuvchi dalillarni keltirgan, biroq prokuratura ularni yakuniy ayblovda hisobga olmagan. Xususan, sudlanuvchilardan birining ishida jabrlanuvchiga yengil tan jarohatlari yetkazilgan bo‘lsada, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast etkazish) moddasi bilan emas, Jinoyat kodeksining 104-modda 3-qismi «a» bandi (ikki yoki undan ortiq shaxsga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

28 fevral kuni tomonlar munozarani yakunladi, sudlanuvchilar so‘nggi so‘zlarini aytishdi va sud qaror qabul qilish uchun maslahat xonasiga yo‘l oldi. Hukm sanasi keyinroq e’lon qilinadi.