O‘zbekistonda 1 martdan Ai-80 benzini narxi oshmaydigan bo‘ldi

Prezident qarori bilan AI-80 benzini uchun aksiz solig‘ini «nol» stavkada qo‘llash muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi. Shunga ko‘ra, benzin narxi mart oyidan oshmaydi.

1 martdan yovvoyi hayvon va qushlarni ovlash mavsumi yakunlanadi

28 fevral yovvoyi hayvon va qushlarni ovlashga ruxsat etilgan so‘nggi kun bo‘lib, 1 martdan ov mavsumi yakuniga yetadi. Ovchilardan ularga berilgan yo‘llanmalarni 10 kun muddatda tegishli tartibda topshirish so‘raldi.

Qoraqalpog‘istonda komissiya uchun xodimlardan 20 ming so‘mdan pul yiqqan maktab direktori ishdan bo‘shatildi

Xo‘jaylidagi 21-maktab direktori xodimlardan komissiya uchun 20 ming so‘mdan yiqqani sababli ishdan bo‘shatildi. Mablag‘ bannerlarni yangilash maqsadida yig‘ilgani aytilmoqda, ammo xodimlar pul komissiyani ovqatlantirish uchun sarflanishini bildirdi.

Navoiyda prokuratura noziri, Jizzaxda sud xodimi, Samarqandda esa Milliy gvardiya qorovuli ushlandi

DXX xodimlari prokuratura, sud, Milliy gvardiya va advokatura xodimlarini qo‘lga oldi. Ularga firibgarlik, pora olish kabi ayblovlar qo‘yilgan.

Toshkent viloyatida tergovchi va qorovul $9 ming bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda

Ohangaron shahri prokuraturasi tergovchisi va qorovuli $9 ming bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda. Ular fuqaroga jinoyat ishini yengillashtirib, ijobiy hal qilib berishini bildirgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

2023 yilda xonadonlarga beriladigan elektr 50 foizga ko‘payadi

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda 2023 yilda hududlarda 18 ta quyosh elektr stansiyasi barpo etilishi ta’kidlandi. Bu orqali xonadonlarga beriladigan elektr 50 foizga ko‘payadi, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Namanganda Damas`da 25 nafar bog‘cha bolasi olib ketilayotgani aniqlandi

Namangan tumanida Damas haydovchisi qoidalarga zid ravishda 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi. Unga ogohlantirish berilib, o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.

Axborot texnologiyalari sohasida o‘qiyotgan yoshlarga ta’lim kreditlari ajratiladi

Nodavlat ta’lim tashkilotlarida axborot texnologiyalari sohasida o‘qiyotgan yoshlarga ta’lim kreditlari ajratiladi. Ular BHMning 65 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatgacha 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslarga beriladi.

Qoraqalpog‘istonda komissiya uchun xodimlardan 20 ming so‘mdan pul yiqqan maktab direktori ishdan bo‘shatildi

Xo‘jaylidagi 21-maktab direktori xodimlardan komissiya uchun 20 ming so‘mdan yiqqani sababli ishdan bo‘shatildi. Mablag‘ bannerlarni yangilash maqsadida yig‘ilgani aytilmoqda, ammo xodimlar pul komissiyani ovqatlantirish uchun sarflanishini bildirdi.

Samarqandda o‘quvchini urib, quloq pardasini yirtgan direktorning ozodligi 2 yilga cheklandi

Urgut tumanidagi maktabda direktor o‘quvchini urgani oqibatida bolaning quloq pardasi yirtilgandi. Sud hukmiga ko‘ra, sobiq direktorga nisbatan 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, uning 3 yilga ta’lim sohasida mansabdor sifatida ishlashi taqiqlandi.

UzAuto Motors Malibu XL narxlarini e’lon qildi

UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Malibu XL sotuvi boshlangani haqida xabar berdi. Redline liniyasi uslubida ishlab chiqilgan avtomobillar 3 ta komplektatsiyada taqdim etilib, 334,8 mln so‘mdan 374,1 mln so‘mgacha (QQSsiz) sotiladi.

Davlat organlari o‘rtasida xavf tug‘diradigan mahsulot haqida tezkor xabar berish tizimi yaratiladi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi. Davlat nazorati organlari o‘rtasida yuqori xavf tug‘diradigan mahsulot haqida tezkor xabar berish tizimi yaratiladi.

Samarqanddan Toshkentga olib kelinayotgan qariyb 2,6 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi

Samarqand-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Isuzu Sirdaryo yo‘l-patrul xizmati maskanida to‘xtatilganda unda iste’molga yaroqsiz salkam 2,6 tonna go‘sht borligi aniqlandi. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.