Shavkat Mirziyoyevning «2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoni bilan o‘zbekistonliklar Navro‘z bayramida 4−5 kun dam oladi.

  • Xususan, haftasiga besh kun ishlaydiganlar — 5 kun, ya’ni 18−19−20−21−22 mart sanalarida,
  • haftasiga olti kun ishlaydiganlar esa 4 kun, ya’ni 19−20−21−22 mart sanalarida dam oladi.

Shuning uchun besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 11 va 25 mart kunlari ishga chiqishlariga to‘g‘ri keladi.

23 martdan esa barcha xodimlar yana to‘liq ishga qaytadi.

Ma’lumot uchun, 8 mart — Xotin-qizlar bayrami kun ham ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanadi.