Jamiyat

O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo quruq va issiq bo‘ladi
16 iyun 2023, 11:39

O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo quruq va issiq bo‘ladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Harorat +43 darajagacha isiydi. Ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
16 iyun 2023, 09:59

Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Juma kuni poytaxtning Yashnobod, Yunusobod va Chilonzor tumanlaridagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Samarqandda bolalarini qiynab, videoga olgan ona 7,5 mln so‘m jarimaga tortildi
16 iyun 2023, 09:56

Samarqandda bolalarini qiynab, videoga olgan ona 7,5 mln so‘m jarimaga tortildi

Rossiyada bo‘lgan eriga jahl qilib, bolasini qiynaganini tasvirga olgan va turmush o‘rtog‘iga yuborgan kattaqo‘rg‘onlik ayol jazoga tortildi. 23 yoshli ona sudda bu ishni erini qo‘rqitish maqsadida qilganini aytdi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi ayol 7,5 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi.

Adliya vazirligi Uzbekistan’s club nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi
16 iyun 2023, 09:46

Adliya vazirligi Uzbekistan’s club nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Uzbekistan’s club nodavlat notijorat tashkiloti Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. NNTning asosiy maqsadi xalqaro miqyosda muvaffaqiyatlarga erishgan, O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shgan o‘zbekistonliklar bilan ishlash.

Toshkentda avtobus bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi vafot etdi
16 iyun 2023, 09:28

Toshkentda avtobus bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi vafot etdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida Isuzu avtobusi bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi.

15-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
15 iyun 2023, 22:00

15-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda himoya orderi talablarini buzib, jarimaga tortilgan AQSh fuqarosi, Namanganda JQB sobiq boshlig‘iga qiynoq uchun yengil jazo tayinlangani, yonib ketgan Qo‘qon bozori haqida gapirgan Shavkat Mirziyoyev, eski banknot va tangalarni almashtirish tiklangani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

“O‘zmilliybank” yangi aksiya haqida e’lon qildi
15 iyun 2023, 19:00

“O‘zmilliybank” yangi aksiya haqida e’lon qildi

15-iyundan 15-sentabrga qadar “O‘zmilliybank”dan Solfy to‘lov kartasi bilan Baraka Market`da xaridlarni amalga oshirib, Tailandga sayohat va boshqa qimmatli sovg‘alarni yutib olish imkoniyati mavjud.

Namangan viloyati Jinoyat qidiruv bo‘limining sobiq boshlig‘iga qiynoq uchun yengil jazo tayinlandi
15 iyun 2023, 18:40

Namangan viloyati Jinoyat qidiruv bo‘limining sobiq boshlig‘iga qiynoq uchun yengil jazo tayinlandi

Namangan viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i Umid Raupovga tergov izolyatorida saqlanayotgan shaxsni qiynoqqa solgani uchun uch yil muddatga ozodlik cheklash jazosi tayinlandi. Sud jabrlanuvchining da’volari yo‘qligi hamda sudlanuvchining aybiga qisman iqrorligini inobatga olib, jazoni yengillashtirdi.

Attraksiondan yiqilgan fuqarolar holati o‘rta og‘ir darajada — SSV
15 iyun 2023, 18:00

Attraksiondan yiqilgan fuqarolar holati o‘rta og‘ir darajada — SSV

SSV ma’lum qilishicha, “Anhor — Lokomotiv” ko‘ngilochar bog‘ida attraksiondan yig‘ilgan ikki fuqaroning holati o‘rta og‘ir darajada. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xorazmda daraxtlarni noqonuniy ravishda kesgan ferma raisi ozodligi 2 yilga cheklandi
15 iyun 2023, 17:19

Xorazmda daraxtlarni noqonuniy ravishda kesgan ferma raisi ozodligi 2 yilga cheklandi

Qo‘shko‘pir tumanida 83 tup har xil kattalikdagi daraxtni qo‘porgan va 3 tup daraxtga shikast yetkazgan ferma raisining ozodligi 2 yilga cheklandi. Shuningdek, 193,8 mln so‘m miqdorida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni ham qoplashi belgilandi.

“Intermed Innovation klinikasining vajlari huquqiy asosga ega emas” — SSV
15 iyun 2023, 16:52

“Intermed Innovation klinikasining vajlari huquqiy asosga ega emas” — SSV

SSV Intermed Innovation xususiy klinikasi litsenziyasini sud orqali bekor qilinganini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng, Intermed Innovation kompaniyasi litsenziyani bekor qilish bo‘yicha sud jarayonini noqonuniy deb atagan edi. Vazirlik klinikaning bayonotiga nisbatan munosabat bildirdi.

Toshkentda 2 yoshli qizaloq qulagan devor ostida qoldi
15 iyun 2023, 16:40

Toshkentda 2 yoshli qizaloq qulagan devor ostida qoldi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida qurilish vaqtida uyning bir qismi qulab tushdi, oqibatda ikki yashar qizaloq devor ostida qoldi. FVV xodimlari qizni qutqarib, shifokorga topshirgan.

“Hech kimni o‘z holiga tashlab qo‘ymaymiz”. Shavkat Mirziyoyev Qo‘qondagi bozorda yuz bergan yong‘in haqida
15 iyun 2023, 14:35

“Hech kimni o‘z holiga tashlab qo‘ymaymiz”. Shavkat Mirziyoyev Qo‘qondagi bozorda yuz bergan yong‘in haqida

Shavkat Mirziyoyev yong‘indan zarar ko‘rgan Qo‘qondagi bozor bir oy ichida to‘liq tiklab berilishini ma’lum qildi. “Qo‘qonlik tadbirkorlarimiz xotirjam bo‘lsin, biz hech kimni o‘z holiga tashlab qo‘ymaymiz”, — dedi prezident.

Toshkentda himoya orderi talablarini buzgan AQSh fuqarosi jarimaga tortildi
15 iyun 2023, 13:02

Toshkentda himoya orderi talablarini buzgan AQSh fuqarosi jarimaga tortildi

Toshkentda 61 yoshli AQSh fuqarosi Maksim Penson himoya orderi talablarini buzgani va bezoriligi sabab jarimaga tortildi. U turmush o‘rtog‘i S.Razakovani turli so‘zlar bilan haqorat qilib, ayoliga nisbatan tazyiq o‘tkazgan. Sud uni 990 ming so‘m jarimaga tortdi.

Nukusda ayol 4-qavatdan qulab vafot etdi
15 iyun 2023, 12:39

Nukusda ayol 4-qavatdan qulab vafot etdi

Nukusda 27 yoshli ayol ko‘p qavatli uyning 4-qavatidan qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Ayolning ruhiyatiga o‘tgan yilning sentabrida egizak chaqaloqlaridan ayrilgani salbiy ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda.

O‘zbekistonga besh oy davomida 2,6 mln sayyoh keldi
15 iyun 2023, 12:28

O‘zbekistonga besh oy davomida 2,6 mln sayyoh keldi

Statistika agentligi O‘zbekistonga yanvar-may oylarida 2,6 mln nafar sayyoh kelgani, ularning eng ko‘pi Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyadan ekanini ma’lum qildi. Sayyohlarning 2,1 mln nafari (81,5%) mamlakatga piyoda kelgan.

DXX fuqarolarni uchinchi davlat orqali AQSh va Kanadaga yuborish bilan bog‘liq holatlarni aniqladi
15 iyun 2023, 11:02

DXX fuqarolarni uchinchi davlat orqali AQSh va Kanadaga yuborish bilan bog‘liq holatlarni aniqladi

DXX tomonidan Samarqandda ikki fuqaroni Meksika orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborishi uchun 44 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi.

Valyutani Milliy mobil ilovasida tez, qulay va foyda bilan ayirboshlash mumkin
15 iyun 2023, 11:00

Valyutani Milliy mobil ilovasida tez, qulay va foyda bilan ayirboshlash mumkin

NBU Milliy mobil ilovasi yordamida valyutani istalgan vaqtda va hamyonbop kursda ayirboshlash, shuningdek bank terminallarida foizsiz naqd pul olish imkoniyati mavjud.

Toshkentning 3 ta tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
15 iyun 2023, 10:56

Toshkentning 3 ta tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Poytaxtning Yashnobod (soat 16:00 gacha), Mirobod va Chilonzor (soat 17:00 gacha) tumanlaridagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti to‘xtatildi.

Namanganda sof quyma oltinlarni 20 ming dollarga sotayotganlar qo‘lga olindi
15 iyun 2023, 09:21

Namanganda sof quyma oltinlarni 20 ming dollarga sotayotganlar qo‘lga olindi

Davlatobod tumanida sof quyma oltinlarni 20 ming dollarga sotayotgan ikki shaxs ushlandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, oltin bahosi 222,8 mln so‘mga baholangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting