O‘zbekiston Statistika agentligi 2023-yil yanvar-may oylarida 2,6 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda mamlakatga tashrif buyurganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonga 5 oyda eng ko‘p qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgani bo‘yicha raqamlar quyidagicha:

  • Tojikiston — 797,8 ming nafar;
  • Qozog‘iston — 656,5 ming nafar;
  • Qirg‘iziston — 649,5 ming nafar;
  • Rossiya — 279,8 ming nafar;
  • Turkiya — 39,5 ming nafar;
  • Turkmaniston — 21,2 ming nafar;
  • Koreya — 12,4 ming nafar;
  • Hindiston — 12,3 ming nafar;
  • Xitoy — 9,6 ming nafar;
  • Germaniya — 9,5 ming nafar.

Agentlik, shuningdek, chet el fuqarolari asosan qaysi transport vositasida tashrif buyurayotganiga e’tibor qaratdi. Xususan,

  • havo transportida kelgan sayyohlar 428,4 ming kishini (16,5%);
  • temiryo‘l orqali kelganlar — 32,8 ming kishini (1,3%);
  • avtomobil transportida kelganlar — 18,4 ming kishini (0,7%) tashkil yetgan.

Sayyohlarning eng ko‘p qismi, ya’ni 2,1 mln nafari (81,5%) piyoda kelgan (asosan qarindoshlarini yo‘qlash uchun kelganlar chegara postlaridan piyoda o‘tgan).