Adliya vazirligi tomonidan Uzbekistan’s club nodavlat notijorat tashkiloti qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi, deya xabar qildi vazirlik matbuoi xizmati.

Ilgari NNT “Kinematografiyani rivojlantirish markazi” deb atalgan va nomi o‘zgargani va maqsadlari kengayganini inobatga olgan holda qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.

uzbekistan’s club

Uzbekistan’s club`ning maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • xorijdagi o‘zbekistonliklar bilan aloqa o‘rnatish;
  • dunyo bo‘ylab turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonliklar haqida eksklyuziv va yuqori sifatli audiovizual kontent yaratish;
  • xorij hamjamiyati vakillarini buyuk ajdodlarimizning boy madaniy merosi va dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirib borish maqsadida xizmat qiluvchi maydon yaratish.

“Biz O‘zbekistonliklar uchun Uzbekistan’s club media-platformasini rivojlantirishda, uni vatandoshlar bilan uzluksiz o‘zaro hamkorligini ta’minlash, shuningdek, yosh vatandoshlarga o‘z maqsadlariga erishish uchun tramplin topish imkoniyatini berishda davom etamiz”, — deyiladi NTT bayonotida.

Aprel oyi boshidan Uzbekistan’s club onlayn platformasi ish boshladi. Klub jamoasi xorijda muvaffaqiyat qozongan o‘zbeklar haqida “O‘zbekistonlik” turkum filmlarini suratga olishmoqda. Shu kungacha birinchi, ikkinchi va uchinchi filmlarning taqdimoti bo‘lib o‘tgan.