Nukusda 12-iyun kuni 27 yoshli ayol oilasi bilan yashagan uyning 4-qavatidan qulab vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.uz” Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Ayolning jasadini turmush o‘rtog‘i topgan, u ertalab soat 5:40 da uyg‘ongan va yonida xotini yo‘qligini payqagan. Tashqariga chiqib, ayolini oshxona derazasi ostida hushsiz holda ko‘rgan, tez yordam va qarindoshlarini chaqirgan.
Ayol 2017-yilda turmush qurgan, 2018 va 2021-yillarda o‘g‘il va qiz farzandlar ko‘rgan. 2022-yil sentabrda egizak chaqaloqlari kasallikdan vafot etgan, shundan so‘ng, Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, ayolning ruhiyatida o‘zgarishlar yuz bergan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
O‘lim sababini aniqlash uchun tegishli ekspertiza tayinlangan.