15-iyun kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Oliy himmat” mahallasida 2 yoshli qizaloq qulagan devor ostida qolib ketdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Hodisa soat 12:14 da sodir bo‘lgan. Uylarning birida qurilish maqsadida qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda uyning bir qismi buzilib ketgan va bola qulagan devor ostida qolgan.

фвв

Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, qizaloqni olib chiqqan va zarauriy tibbiy yordam uchun shifokorlarga topshirgan.

Hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi xabarda.