15-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus va yengil mashina o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda poytaxt Yo‘l harakati havfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

O‘sha kuni soat 08:30 atrofida tumanning Sultoniya ko‘chasida 1978-yilda tug‘ilgan I.S. boshqaruvidagi Isuzu avtobusi hamda 1991-yilda tug‘ilgan I.M. boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari sababli tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan u vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari boshlangan.