Elektr qurilmalarini ta’mirlash va yangilash ishlari ketayotgani sababli 15-iyun kuni Toshkent shahridagi ayrim hududlarda ta’minotda uzilish bo‘ladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ poytaxt filiali xabar qildi.

Yashnobod tumani: “Tovkantepa” hamda “Mirishkor” MFYlarining ayrim hududlari — soat 16:00 gacha.

Mirobod tumani: “Inoqobod” va “Banokatiy” MFYlarining ayrim hududlari — soat 17:00 gacha.

Chilonzor tumani: “Qatortol” hamda “Hosilot” MFYlarining ayrim hududlari — soat 17:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin, deyiladi xabarda.

Avvalroq “Gazeta.uz” bilan suhbatlashgan “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi Toshkent filiali direktori o‘rinbosari Bekzod Kulibayev shahar elektr ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar sabablari, rejali ta’mirlash ishlari va avariyaviy holatlar bo‘yicha ma’lumot bergandi.

Uning ta’kidlashicha, ta’minot ba’zi hududlarda prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini ta’minlash kabi rejaviy amalga oshiriladigan ishlar sababli o‘chirilmoqda. “Bu ishlarni kuchlanish ostida amalga oshirib bo‘lmaydi, shu sababli o‘chirib ishlashga to‘g‘ri keladi”, — dedi Bekzod Kulibayev.

Shaharda, shuningdek, avariyaviy holatlar ham kuzatilmoqda, lekin uzilishlarga asosiy sabab bu emas.