Hozirgi kunda mobil ilovalar kundalik hayotda keng joriy etilgan bo‘lib, ko‘plab yo‘nalishlarda tengi yo‘q ko‘makdoshlarga aylanib ulgurgan.

Misol uchun, taom buyurish, poyezd yoki samolyotga chipta olish, kitob o‘qish yoki kino ko‘rish va hokazo — hammasi uchun imkoniyatlar mobil ilovalarda mavjud. NBU Milliy mobil ilovasi yordamida esa nafaqat bank amaliyotlarini o‘tkazish, balki valyutani tezkor, qulay va foydali ayirboshlash ham mumkin.

Hamyon uchun foydali

Ayirboshlash shaxobchalari va banklarga qaraganda Milliy ilovasida valyutalar ayirboshlash foydaliroq kursda amalga oshiriladi. Ya’ni, qancha miqdordagi summani ayirboshlash niyatida bo‘lmang, sizda har doim foyda orttirish imkoniyati bo‘ladi.

Komissiya — 0%

Milliy mobil ilovasining yana bir ijobiy jihati NBU terminallarida naqd pul olish uchun komissiya olinmaydi.

Uzluksiz hizmat

Valyutani kunning istalgan paytida, shu jumladan, dam olish kunlari Milliy ilovasida, o‘zingiz uchun qulay formatda ayirboshlash mumkin. Zudlik bilan pul kerak bo‘lib qolganda hafta kuniga va vaqtga qaramay, zarur amaliyotni bir necha daqiqada amalga oshirish mumkin.

Navbat kutishga hojat qolmadi

Bank muassasalarida soatlab navbat kutish, qadrli vaqtni yo‘qotish yoki shahar bo‘ylab ayirboshlash shoxobchalarini izlash zarurati endi yo‘q. Milliy ilovasini App Store yoki Google Play yordamida yuklab olish va barcha qulayliklaridan bevosita smartfon orqali foydalanish mumkin. Ilova doimo qo‘l ostingizdagi ayrilmas ko‘makdoshingizga aylanadi.

Milliy mobil ilovasi valyutani ayirboshlash amaliyoti tezkorligi, osonligi va ishonchliligi bilan ajralib turadi. Qayergadir borganingizda, katta qiymatdagi pullarni o‘zingiz bilan olib yurishga endi hojat qolmadi.

Milliy ilovasini yuklab, bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Telefonlar: 1344, (+998) 78−148−00−10.

Sayt: nbu.uz/uz

Reklama huquqlari asosida.