Jamiyat

Yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi imtiyoz va istisnolar qonunchilikdan chiqarildi
26 iyun 2023, 14:44

Yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi imtiyoz va istisnolar qonunchilikdan chiqarildi

Prezident farmoni bilan yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolarni qonunchilikdan chiqarib tashlandi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali beriladi.

Xorazmda mast holdagi Damas haydovchisi IIB boshlig‘ini urib yubordi
26 iyun 2023, 14:40

Xorazmda mast holdagi Damas haydovchisi IIB boshlig‘ini urib yubordi

Xivada mast holdagi Damas haydovchisi shahar IIB boshlig‘ini urib yubordi. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Video: Chotqol qo‘riqxonasida fotoqopqonga tushgan Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i
26 iyun 2023, 13:12

Video: Chotqol qo‘riqxonasida fotoqopqonga tushgan Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i

Ekologiya vazirligi Chotqol davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga tushib qolgan Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i tasvirini e’lon qildi. Ushbu tur Qizil kitobga kiritilgan.

“Turkiston” metrosi ustidagi cho‘kkan ko‘cha ta’mirlanib, qayta ochildi
26 iyun 2023, 11:41

“Turkiston” metrosi ustidagi cho‘kkan ko‘cha ta’mirlanib, qayta ochildi

Yunusobod tumanidagi “Turkiston” metro bekati ustidan o‘tuvchi, cho‘kishi sababli yopilgan ko‘chada transport harakati tiklandi. “Gazeta.uz” muxbiri xabar berishicha, asosiy va qo‘shimcha yo‘l o‘rtasidagi yashil hudud o‘rnini beton qoplama egallagan. Foto.

Hafta davomida harorat yana ko‘tariladi
26 iyun 2023, 11:28

Hafta davomida harorat yana ko‘tariladi

Salqin yakshanbadan so‘ng hafta davomida harorat +39…+41 darajaga ko‘tariladi. Havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tadi
26 iyun 2023, 10:26

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tadi

O‘zbekiston futzal bo‘yicha 2024-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqalar “Humo” arena, “Yunusobod” sport majmuasi, “Alpomish” hamda boshqa bir qator muz saroylarida o‘tishi rejalashtirilgan. FIFA vakillari musobaqa boshlanishidan oldin obyektlarning holatini ko‘rgani keladi.

Qashqadaryoda ayol kishiga stakan uloqtirgan erkakka jinoiy ish ochildi
26 iyun 2023, 10:07

Qashqadaryoda ayol kishiga stakan uloqtirgan erkakka jinoiy ish ochildi

Tarmoqlarda noma’lum erkak restoranda o‘tirgan ayollarga qarata stakan uloqtirgani tasvirlangan video tarqaldi. Qashqadaryo viloyat IIBning ma’lum qilishicha, holat Kitob tumanida sodir bo‘lgan. Ayollardan biri shifoxonaga yotqizilgan, erkakka nisbatan jinoiy ish ochildi.

Surxondaryoda Lacetti daryoga quladi, haydovchida yurak xuruji yuz bergan bo‘lishi mumkin
26 iyun 2023, 09:25

Surxondaryoda Lacetti daryoga quladi, haydovchida yurak xuruji yuz bergan bo‘lishi mumkin

Surxondaryoda Lacetti To‘palang daryosiga tushib ketdi. Uning haydovchisi hodisadan oldin yurak ishemik ehtimoli yuqoriligi sababli vafot etgan, 16 yoshli yo‘lovchi esa shifoxonaga yotqizilgan.

Poytaxtning 4 ta tumanidagi ayrim joylar elektrdan vaqtincha uzildi
26 iyun 2023, 09:21

Poytaxtning 4 ta tumanidagi ayrim joylar elektrdan vaqtincha uzildi

Toshkent shahrining Yakkasaroy, Sergeli (16:00 gacha), Chilonzor va Mirobod tumanlaridagi (soat 17:00 gacha) ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti to‘xtatildi.

Prezidentlikka nomzodlarning vakillari o‘rtasida teledebat bo‘lib o‘tadi
25 iyun 2023, 16:11

Prezidentlikka nomzodlarning vakillari o‘rtasida teledebat bo‘lib o‘tadi

25-iyun, yakshanba kuni soat 18:00 da O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning vakillari o‘rtasida ilk teledebat bo‘lib o‘tadi. U mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlanadi. Efir qoraqalpoq, rus va ingliz tillariga tarjima qilingan holda uzatiladi.

Samarqandda tunda sevganining uyiga kelgan yigitni qizning akasi kaltakladi
25 iyun 2023, 14:02

Samarqandda tunda sevganining uyiga kelgan yigitni qizning akasi kaltakladi

Urgut tumanida tunda sevganining uyiga kelgan yigitni qizning akasi kaltakladi. Qiz va yigit sinfdosh bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Jizzaxda 15 yoshli o‘smir yo‘l yoritilmagani sababli mashina urib yuborishidan halok bo‘ldi
25 iyun 2023, 13:47

Jizzaxda 15 yoshli o‘smir yo‘l yoritilmagani sababli mashina urib yuborishidan halok bo‘ldi

G‘allaorol tumanida 15 yoshli o‘smir kechki payt yo‘lni kesib o‘tayotganda mashina urib yuborishidan halok bo‘ldi. Hodisaga yo‘l anomal sovuqdan buyon yoritilmayotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hokimiyat elektrni tejashga topshiriq berilmaganini ma’lum qildi. Ushbu uchastkada yil boshidan buyon 13 ta YTH sodir bo‘lgan.

Velosipedchilarni tez-tez mashina urib ketyapti. Qonunlarga rioya qilish nega oqsamoqda?
25 iyun 2023, 13:25

Velosipedchilarni tez-tez mashina urib ketyapti. Qonunlarga rioya qilish nega oqsamoqda?

“Gazeta.uz” og‘ir YTHga uchragan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempioni Anna Kuskova va Velosport federatsiyasi bilan velosipedchilarni mashina urib yuborishi haqida suhbatlashdi. Hamma birdek jazoga tortilmasligi haydovchilarni qoida buzishga undab, O‘zbekistonda xalqaro musobaqalar o‘tkazishni havf ostiga qo‘ymoqda.

Poytaxt plyajlari fotosharhi: “Yangi O‘zbekiston” va Magic City
25 iyun 2023, 12:45

Poytaxt plyajlari fotosharhi: “Yangi O‘zbekiston” va Magic City

Toshkentda plyajlar 1990-yillar oxiridan kamaya boshlab, 2017-yilda cho‘milish mumkin bo‘lgan eng oxirgi joy ham yopildi. Poytaxt olti yil cho‘milishga ruxsat berilgan joylarsiz yashadi (pullik akvaparklar hisob emas). Bu yil ikkita plyaj ochildi. “Gazeta.uz” ularda bo‘lib, hordiq chiqaruvchilar bilan suhbatlashdi.

Toshkent viloyatida 18 yoshli yigit ariqda oqib ketayotgan qizchani qutqarib qoldi
25 iyun 2023, 09:59

Toshkent viloyatida 18 yoshli yigit ariqda oqib ketayotgan qizchani qutqarib qoldi

Qibray tumanida 18 yoshli yigit ariqda hushsiz oqib ketayotgan 2 yoshli qizchani qutqarib qoldi. Bolaning otasi uyida ish qilayotgani sabab qizi suvga tushib ketganini bilmay qolgan. Tuman FVB yiigitni tashakkurnoma va sovg‘a bilan taqdirladi.

Samarqandda 9 tup qayrag‘och daraxtini kesganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
25 iyun 2023, 09:57

Samarqandda 9 tup qayrag‘och daraxtini kesganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bulung‘ur tumanida 9 tup sog‘lom va 1 tup qurigan qayrag‘och daraxtini kesgan fuqarolarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 744,6 mln so‘m zarar yetgan.

Kuniga necha qadam yurish kerak?
25 iyun 2023, 00:30

Kuniga necha qadam yurish kerak?

Hozirgi kunga kelib insonlar har qachongidan ham kamroq harakat qilmoqda. Shu sababga ko‘ra, o‘z salomatligi haqida qayg‘uradigan aksariyat kishilar ko‘proq sayr qilishga harakat qilishadi. Biroq, aslida kuniga necha qadam yurish kerak? Nega bu savolga ko‘pincha 10 ming qadam degan javobni eshitamiz?

Toshkentda 28-iyun kuni avtobus va metro soat 4:00 dan ish boshlaydi
24 iyun 2023, 15:56

Toshkentda 28-iyun kuni avtobus va metro soat 4:00 dan ish boshlaydi

28-iyun — Qurbon hayitining birinchi kunida Toshkentda avtobus va metro qatnovi soat 4:00 dan boshlab amalga oshiriladi. Shuningdek, masjidlarga soat 3:00 dan 5:00 gacha 60 ta vaqtinchalik maxsus avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi.

Farg‘onada 25 yoshli yigit tengdoshini pichoqlab o‘ldirdi
24 iyun 2023, 15:45

Farg‘onada 25 yoshli yigit tengdoshini pichoqlab o‘ldirdi

Qo‘qon shahrida tug‘ilgan 25 yoshli yigit janjal oqibatida tengdoshi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, gumondorni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.

Nima o‘qiymiz? Jurnalist Qahramon Aslanov tavsiya qiladi
24 iyun 2023, 12:06

Nima o‘qiymiz? Jurnalist Qahramon Aslanov tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting