Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi xodimlari tomonidan o‘rnatilgan fotoqopqonga tushdi. Video Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i Xalqaro Qizil kitob va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Sutemizuvchilar sinfiga mansub bo‘lib, dengiz sathidan 1500−3500 m balandliklarda uchraydi.

Ayiqning tanasi uzunligi 1,5−2,2 metr, vazni esa 300 kg gacha yetishi mumkin.