Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 7 ta MFYning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar bermoqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ poytaxt filiali.

Manzillar

Yakkasaroy tumani: “Rakatboshi” va “Muhandislar” MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 9:00 dan 16:00 gacha;
Chilonzor tumani: “Qozirobod” va “Katta Qozirobod” MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 9:00 dan 17:00 gacha;
Sergeli tumani: “Eski Jaloyir” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
Mirobod tumani: “Tong yulduzi” va “Fayzobod” MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 9:00 dan 17:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.