19-iyun kuni “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan xususiy mulkchilik instituti joriy etilishi va mulk huquqining daxlsizligiga oid qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi prezident farmoni imzolandi.

Farmonga ko‘ra, prezidentining ayrim hujjatlariga quyidagi o‘zgartirishlar kiritiladi:

  • qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish (realizatsiya qilish);
  • yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolarni qonunchilikdan to‘liq chiqarib tashlash;
  • qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larni taqsimlashning yagona tartibini belgilash;
  • jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlarini takomillashtirish;
  • yer to‘g‘risidagi qonunosti hujjatlaridagi o‘zaro nomuvofiqliklarni bartaraf etiladi.

Farmon 20-iyun kuni kuchga kirdi.