24-iyun kuni soat 12:30 atrofida Surxondaryo viloyatida 29 yoshli haydovchi mashinasi bilan daryoga tushib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

29 yoshli Lacetti haydovchisi Xisorak-Sariosiyo yo‘nalishida harakatlanib kelib, boshqaruvni yo‘qotgan. Ushbu hududdan o‘tuvchi To‘palang daryosiga tushib ketgan. Oqibatda avtomashina ichida bo‘lgan 16 yoshli yo‘lovchi yengil tan jarohati olib, tuman kasalxonasiga yotqizilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, haydovchi hodisa sodir bo‘lishidan oldin sog‘lig‘i yomonlashgani va yurak ishemik ehtimoli yuqori bo‘lgani sababli vafot etgan.

йтҳ, тўпаланг дарёси

V‍️iloyat YHXB haydovchilardan avtomototransport vositasini boshqarishdan oldin o‘zlarining sog‘lig‘i hamda transport vositasining texnik sozligiga ishonch hosil qilib, rul boshqaruviga o‘tirishlarini, yo‘llarda charchoq sezganda, yo‘lning xavfsiz bo‘lgan hududida harakatlanishdan to‘xtashlarini so‘radi.