25-iyun kuni soat 18:00 da O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar vakillari o‘rtasida saylovoldi teledebati bo‘lib o‘tadi. Debat mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlanadi.

“Yuksalish” umummilliy harakatining ma’lum qilishicha, debat “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Mahalla”, UzReport, Renessans va Zo‘r TV telekanallarida o‘zbek tilida (surdo-tarjima bilan), “Yoshlar” telekanalida ingliz, Dunyo bo‘ylab va “Toshkent” kanallarida rus hamda “Qoraqalpog‘iston” telekanalida qoraqalpoq tillaridagi tarjimasi bilan namoyish etiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda muddatidan avvalgi prezidentlik saylovi 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Unda to‘rt nomzod qatnashadi:

  • Xalq demokratik partiyasidan — partiya yetakchisi Ulug‘bek Inoyatov;
  • “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan — Robaxon Maxmudova;
  • Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP)dan — amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev (nomzodni “Milliy tiklanish” partiyasi ham qo‘llab-quvvatlagan);
  • Ekologik partiyadan — partiya yetakchisi Abdushukur Hamzayev.

Harakatning aniqlik kiritishicha, saylov oldidan ko‘proq debatlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Nomzodlarning saylovoldi dasturlari haqida quyida o‘qishingiz mumkin.