Abduxamidov Akramjon Abduvaxabovich Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Akramjon Abduxamidov 1973-yilda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2000-yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi.

Mehnat faoliyatini 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mulkning davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisoblanishi va foydalanishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi 1-toifali iqtisodchisi vazifasidan boshlagan. 1999−2002-yillarda Moliya vazirligi qimmatli qog‘ozlar va moliya bozori boshqarmasi bosh iqtisodchisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Abduxamidov Akramjon Abduvaxabovich 2022-yildan tayinlovga qadar O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi bosh konsultanti lavozimida ishlab kelayotgandi.