3-may kuni Berlin shahridagi Belvyu saroyida Shavkat Mirziyoyev va Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentlar O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik “misli ko‘rilmagan sur’atda” rivojlanib borayotganini bilan qayd etdi. Faol siyosiy, gumanitar va ishbilarmonlik muloqotlari davom etmoqda. Tomonlar nufuzli xalqaro institutlar, shu jumladan, BMT doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Ikki tomonlama munosabatlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqish muhimligi yuzasidan yakdil fikr bildirildi.

Frank-Valter Шtaйнmayер, Shavkat Mirziyoyev, берлин, германия

Prezidentlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdilar, amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldi.

Jumladan, keyingi yillarda tovar ayirboshlash va qo‘shma loyihalar soni ikki barobar oshdi. Iqtisodiyotda Germaniya investitsiyalari hajmi 5,5 milliard yevroni tashkil etmoqda, shundan 4 milliard yevro oxirgi bir necha yilda jalb qilingan.

Frank-Valter Шtaйнmayер, Shavkat Mirziyoyev, берлин, германия

Prezidentlar umumiy qiymati 9 milliard yevrodan ziyod bo‘lgan savdo shartnomalari va investitsiya-texnologiya bitimlari imzolanishi bilan yakunlangan ishbilarmonlik tadbirlarining natijalarini olqishladi.

Berlinda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va farovonlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari yuksak baholanmoqda. Shu ma’noda, Germaniya mintaqadagi o‘zaro bog‘liqlik loyihalarini, shu jumladan, Yevroittifoqning “Global darvoza” tashabbusi doirasida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi ta’kidlandi.

Tomonlar mintaqada, shu jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni inobatga olgan holda xavfsizlikni ta’minlash, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish borasidagi sheriklikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Frank-Valter Шtaйнmayер, Shavkat Mirziyoyev, берлин, германия

Afg‘on xalqiga manzilli gumanitar yordam ko‘rsatish, bunda chegaraoldi Termiz shahrida yaratilgan zamonaviy infratuzilma imkoniyatlaridan ham foydalanish muhimligi qayd etildi.

Madaniy-gumanitar almashinuv masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yetakchilar Berlin shahrida O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosiga bag‘ishlab noyob ko‘rgazma ochilayotganidan mamnunligini bildirdi.

O‘zbekistonda nemis tilini o‘rganish bo‘yicha kompleks dasturni tayyorlash, shu jumladan, mamlakat hududlarida Gyote instituti faoliyatini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Frank-Valter Шtaйнmayер, Shavkat Mirziyoyev, берлин, германия

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayerni mamlakatga tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Berlinda Germaniya federal kansleri Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazgandi. Tashrif davomida turli sohalarga oid 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjat imzolangan.