Yakshanba kuni kechqurun 14-Toshkent shahar referendum okrugi 649-uchastkasida komissiya a’zolari jarayon tugagach urnaga ko‘plab qog‘oz qo‘shayotgani aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e’tiborini tortdi.

Markaziy saylov komissiyasining izoh berishicha, mazkur xabar zudlik bilan shahar referendum okrugi tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, videoda ko‘rsatilgan holat muddatidan oldin ovoz berganlar byulletenlari solingan konvertlarning yashirin ovoz berish qutisiga solish jarayoni bo‘lgan.

Muddatidan oldin ovoz berilgan byulletenlar solingan yopiq konvertlar ovoz berish qutisiga tashlanadi. Videoda ko‘rinib turganidek, ushbu jarayon komissiya a’zolari ishtirokida ochiq va shaffof tarzda amalga oshirilgan, deyiladi xabarda.