O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Berlinga bordi. Tashrif ushbu mamlakat federal kansleri Olaf Shols bilan muzokaralardan boshlandi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Uchrashuvda o‘zaro tovar ayirboshlash va qo‘shma loyihalar soni 2 barobar ortgani ta’kidlandi. Germaniyadan O‘zbekistonga investitsiyalar hajmi 5,5 milliard dollarga yetdi, shundan 4 milliard dollar oxirgi 6 yilda jalb qilingan.

Germaniya hukumati O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini hamda Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imkon qadar tez imzolashini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi.

германия, олаф шольц, tashrif, шаvкат мирзиёеv

Siyosiy muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi. Tomonlar tashrif chog‘ida Ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida Hukumatlararo deklaratsiya imzolanishini olqishladi. Uni tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Annalena Berbok imzoladi.

Muzokaralar chog‘ida “Germaniya — Markaziy Osiyo” formatida muloqot maydonini ishga tushirishga kelishib olindi.

Mintaqada, shu jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni inobatga olgan holda xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Ushbu mamlakat uchun gumanitar loyihalarni davom ettirish, shu jumladan, Termizdagi logistika majmuasi va Afg‘on yoshlari uchun ta’lim markazi imkoniyatlaridan foydalanish zarurligi qayd etildi.

Transport v logistikani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bog‘laydigan samarali yo‘nalishni shakllantirishga xizmat qiluvchi Transkaspiy yo‘lagini birgalikda rivojlantirish bo‘yicha yakdil fikr bildirdi.

Madaniy-gumanitar hamkorlikning kun tartibi boy ekani qayd etildi. Germaniya tomoni shu kunlarda Berlin shahrida O‘zbekistonning madaniy merosiga bag‘ishlab ochilayotgan noyob ko‘rgazmani yuqori baholadi.

O‘zbekistonda nemis tilini o‘rganishga qiziqish ortib borayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Germaniya hukumati mamlakat hududlarida nemis tilini o‘qitishni kengaytirishga texnik ko‘mak ko‘rsatishi to‘g‘risida kelishib olindi.

германия, олаф шольц, tashrif, шаvкат мирзиёеv

Tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, ta’lim, fan va innovatsiya sohalarida 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjat imzolandi.

Shuningdek, Berlinda bo‘lib o‘tgan qo‘shma biznes-forum yuksak baholandi. Uning yakunida umumiy qiymati 9 milliard dollarlik savdo, investitsiyaviy va texnologik loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

“Yashil” energetika, qazib chiqarish, kimyo, farmatsevtika tarmoqlarida, transport infratizulmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, innovatsiya va boshqa sohalardagi kooperatsiya loyihalari shular jumlasidan.

Germaniya kompaniyalarining O‘zbekistondagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “KfW”, “Deutsche Bank” banklari va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan keng ko‘lamli sheriklikni rivojlantirishga kelishib olindi.