O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayer “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘rgazmani o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga 2019-yil may oyida Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan (avvalroq bu haqda yozgandik).

Qariyb to‘rt yil davomida ikki mamlakat arxeologlari, tarixchilari, san’atshunoslari va muzey xodimlari uni tashkil etish ustida ish olib bordi. Nemis mutaxassislari ishtirokida 50 ga yaqin qimmatbaho ashyolar qayta tiklandi, deyiladi xabarda.

2024-yilning 14-yanvariga qadar davom etadigan ko‘rgazmadan O‘zbekiston muzeylari to‘plamlaridan 285 ta, (ularning aksariyati respublika tashqarisida ilk bor namoyish etilmoqda), Berlindagi davlat muzeylari to‘plamlaridan 65 ta eksponat o‘rin olgan.

Ko‘rgazma O‘zbekistonning qadimiy va boy madaniyati, bugungi O‘zbekiston va Markaziy Osiyo hududida joylashgan ilk davlatlarning miloddan avvalgi VI asrdan milodiy IV asrgacha davrni qamrab olgan tarixi haqida hikoya qiladi.

Asarlar orasida Kushon saltanatining Dalvarzintepa va Holchayon qo‘rg‘onlaridan topilgan aslzodalar, askar va badavlat ayollar haykallari bor.

Ko‘rgazma ochilishidan so‘ng bu yerda O‘zbekiston prezidentining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat delegatsiyalari, davlat va jamoat arboblari ishtirokida qabul ham bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2022-yilning noyabr oyida Parijga tashrifi chog‘ida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan birgalikda “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasini ochib bergan. Bu ko‘rgazmaga ham bir necha yil davomida tayyorlanilgan va unga O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi muzeylardan olingan ashyolar kiritilgan.

Foto

берлин, жеймс симон gaлереяси, маданий мерос, франк-vaльтер шtaйнmayер, шавкат мирзиёев