O‘zbekiston prezidentining tegishli qarorlari bilan favqulodda vaziyatlar vaziriga birinchi o‘rinbosar va 2 nafar o‘rinbosar tayinlandi.

FVV matbuot xizmatiga ko‘ra, polkovnik Sanjar Taxirovich Zuparov (yuqoridagi fotoda) vazirning birinchi o‘rinbosari — shtab boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1975-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-yili IIV Yong‘indan saqlash oliy texnik maktabini tamomlagan. Tayinlovga qadar vazirlik Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Polkovnik Muxtar Yashnarovich Muxitdinov favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

мухтар мухитдинов, санжар зупаров, тайинловлар, favqulodda vaziyatlar vaзирлиги, хуршид алибаев

U 1973-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-yili Toshkent davlat texnika universitetini, 2004-yili Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.

Tayinlovga qadar mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Prezidentning yana bir qarori bilan polkovnik Xurshid Narkazakovich Alibayev favqulodda vaziyatlar vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi.

мухтар мухитдинов, санжар зупаров, тайинловлар, favqulodda vaziyatlar vaзирлиги, хуршид алибаев

U 1982-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2003-yili O‘zbekiston Milliy universitetini, 2015-yili Rossiya Fuqaro muhofazasi akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Prezident Administratsiyasiga yaqin bo‘lgan “Nigoh” Telegram kanalining xabar berishicha, Kamil Abdijalilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.