Ernazarov Komiljon Yuldashaliyevich Oqoltin tumani hokimi etib tayinlandi.Bu haqda Sirdaryo viloyati matbuot xizmati xabar qildi.

Komiljon Ernazarov 1984-yil 20-fevralda Sirdaryo viloyati Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent moliya institutini sug‘urtalovchi mutaxassisligi bo‘yicha, 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2005-yilda Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasining etakchi mutaxassisi sifatida boshlagan. Komiljon Ernazarov mazkur tayinlovga qadar Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devoni rahbari vazifasida ishlagan.

Bundan avval Ulmasjon Mamadaminov Guliston tumani hokimi etib tayinlangani haqida xabar qilingandi.