O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati “Gazeta.uz”ning Toshkentdagi Botir Zokirov va Navoiy ko‘chalari chorrahasida yo‘l o‘tkazgich qurilishi bahsli qaror ekani, loyiha qayta ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi maqolasiga munosabat bildirdi.

“Shaharda o‘tkir tirbandlik muammosi turibdi. Va har yili vaziyat yomonlashmoqda. Agarda shunday loyiha bo‘lsa, uni ishlab chiqishga eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinadi va, albatta, jamoatchilik fikri ham inobatga olinadi. Hozir esa qandaydir xulosa yoki taxminlar chiqarishga hali erta”, — dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Bir kun muqaddam davlat rahbari matbuot xizmati prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtni aylana turib, ushbu ko‘chalar chorrahasida yo‘l o‘tkazgich qurish zarurligini ta’kidlagani haqida xabar bergan edi.

Loyiha “Gazeta.uz”dan tashqari, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy mavzularda yozuvchi shaharliklar va bir qator internet faollari tomonidan ham tanqid qilindi:

Toshkentni o‘tgan asr Detroyitiga aylantirishmoqda

Qurilish barchaning hayotini qiyinlashtiradi va qimmatlashtiradi

[Yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi] Toshkentni normal yashash uchun yaroqsiz shaharga aylantirib qo‘yadi

Bu nafaqat shahar muhiti, balki shahar iqtisodiyoti masalasi hamdir