Abatbay Saparbayevich Daniyarov Qoraqalpog‘istonning Nukus shahriga hokim etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi. U shu vaqtga qadar Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

26-iyul kuni tashkiliy masala ko‘rilgan xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyasida Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etdi.

Abatbay Daniyarov 1987-yilda Nukusda tug‘ilgan, 2008-yilda Nukus davlat pedagogika institutini ingliz tili o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2020-yil noyabr oyidan buyon Nukus hokimligini Utemurat Panayev boshqarib kelayotgan edi. Uning ishdan bo‘shatilishi sabablari aytilmagan.