Timoti Smart Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Britaniya hukumati rasmiy sayti.

Timoti Smart respublikadagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Tim Torlou o‘rniga joriy yilning avgust oyida O‘zbekistonda ish boshlaydi.

Yangi elchi 1974-yilda tug‘ilgan. Bristol va Kembrij universitetlarini tamomlagan.

Bu lavozimga tayinlanishidan oldin (2018−2022-yillar) Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy O‘rta dengizi bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. Shuningdek, 2012−2017-yillarda Madagaskarda elchi vazifasini bajargan.

Avvalroq Britaniya sobiq elchisi Tim Torlou “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida (ingliz tilida) islohotlar, siyosiy muammolar, so‘z erkinligining mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni haqida gapirgandi. U o‘z o‘rinbosari nima uchun o‘zbek tilini o‘rganayotgani va RFning Ukrainaga qarshi urushida O‘zbekiston pozitsiyasi nimadan darak berishiga ham to‘xtalgan.