25-iyul kuni xalq deputatlari Qanliko‘l tuman Kengashining oltmish yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi matbuot xizmati xabar qildi.

Sessiyada Bahram Sultonov Begdullayevich Qonlikol tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, shu kunga qadar Bahram Sultanov “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki davlat dasturlar loyihalari bilan ishlash departamenti direktorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.