Hukumat qarori bilan Abrol Vahobov bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Sirdaryo viloyati va tumanlar hokimlari, faollar, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Sirdaryo viloyatiga safar qilgan prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahridagi «Buyuk kelajak» mavzesiga tashrif buyurdi.
Oliy Majlis Senati kengashi o‘n sakkizinchi yalpi majlisni joriy yilning 28 fevral kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati Xovos tumaniga tashrif buyurib, Xovos shaharchasining bosh rejasi bilan tanishdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifini boshladi.
Vazirlar Mahkamasida sho‘’ba mudiri bo‘lib ishlagan Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning BAAdagi elchisi lavozimiga tayinlandi.
Energetika vaziri Alisher Sultonovga bosh vazir maslahatchisi vazifasini bajarish yuklandi.
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida ikkita qonun loyihasi, xususan Saylov kodeksi qabul qilindi.
Missisipi shtati rahbari Fil Brayant diplomatik aloqalar o‘rnatilgandan keyin O‘zbekistonga tashrif buyurgan ilk Amerika gubernatoriga aylanadi.
Shavkat Mirziyoyev Serbiya davlatchiligi kuni munosabati bilan prezident Aleksandr Vuchichga tabrik yo‘lladi.
Hukumat qarori bilan Bahodirjon Sidiqov «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi.
Abdulaziz Kamilov Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida ishtirok etadi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri darajasida mazkur forumda ilk bor qatnashmoqda.
«O‘zatom» agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ixtiyor Abdullayev salomatligi tufayli Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimini tark etdi. Uning o‘rnini sobiq mudofaa vaziri Abdusalom Azizov egalladi.
Shavkat Mirziyoyev Komil Allamjonovni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori v. b. lavozimiga tayinladi. U o‘z maqomiga ko‘ra prezident maslaxatchisining birinchi o‘rinbosariga tenglashtirilgan.
O‘zbekiston va YeI 1999 yildagi shartnoma o‘rniga Sherikchilik va hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi yangi bitim bo‘yicha «bir xil tushunchaga keldi».
Prezident Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud muhokamalarida oshkoralikni ta’minlash bo‘yicha bir to‘xtamga kelindi.
So‘z va axborot erkinligi, davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining asosiy vazifalaridan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting