Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Bahodirjon Bahromovich Sidiqov «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Shu kungacha, B.Sidiqov Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri lavozimda faoliyat yuritgan.