O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 fevral — Serbiya davlatchiligi kuni munosabati bilan Prezident Aleksandr Vuchichga tabrik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Vikipediya ma’lumotlariga qaraganda, 15 fevral Serbiyada Birinchi serb tiklanishi va Serbiya konstitutsiyasining qabul qilingan kun sifatida nishonlanadi.